| Shayx Nuriddin Xoliqnazar | |
|---|---|
![]() Shayx Nuriddin Xoliqnazar „Moturidiya – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti“ mavzusidagi xalqaro konferensiyada, 2025-yil 30-aprel. Samarqand | |
| Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi | |
| Mansab davri 2021-yil 19-oktyabr – hozirgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Usmonxon Olimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1968-yil 25-iyun Asaka, Asaka tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR |
| Mukofotlari | |
Shayx Nuriddin Xoliqnazar (1968-yil 25-iyun, Asaka, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek din arbobi va ilohiyotshunosi, muftiy, 2021-yil 19-oktyabrdan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi.
Biografiyasi
Nuriddin Xoliqnazarov 1968-yilda Asaka shahrida tavallud topgan. 1992-yilda Miri Arab madrasasini, 1998-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini va 2007-yilda Fargʻona davlat universitetini tamomlagan. „Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni sohibi.
Faoliyati davomida Asaka shahridagi Ahmadali Mahdum jome masjidi imom-xatibi, Toshkentdagi Oq tepa masjidi imom-xatibi lavozimlarida ishlagan. Nuriddin Xoliqnazarov, shuningdek, Koʻkaldosh madrasasida, Andijon viloyatida Sayid Muhiddin Mahdumda oʻqituvchi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi boʻlib ishlagan.
2019-yil avgust oyida Nuriddin Xoliqnazarov Toshkentning bosh imom-xatibi etib tayinlandi. 2021-yil 19-oktyabrda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston bosh muftiysi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi etib saylandi.
Unvon va mukofotlari
- „Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni (2025) — Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun.
- 25-iyunda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Asakada tugʻilganlar
- Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Mir Arab madrasasida tahsil olganlar
- Toshkent islom instituti bitiruvchilari
- Fargʻona davlat universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston Bosh muftiylari
