Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anvar Sobirov 1976-yil 24-iyulda Xorazm viloyatining Urganch shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi asli xivalik boʻlgan. Uning akalari Murod

Anvar Sobirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anvar Sobirov
Tavalludi Sobirov Anvar Karimovich
1976-yil 24-iyul (1976-07-24) (50 yosh)
Urganch, Xorazm viloyati, OʻzSSR
Janrlar Pop
Kasbi Aktyor, xonanda
Faoliyat yillari 2002-yildan hozirgacha
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Anvar Sobirov (1976-yil 24-iyul, Xorazm, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va xonandasi.

Hayoti

Anvar Sobirov 1976-yil 24-iyulda Xorazm viloyatining Urganch shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi asli xivalik boʻlgan. Uning akalari Murod Sobirov va xonanda Ogʻabek Sobirov.

Dastlab, „Komiljon Otaniyozov“ nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabida doira cholgʻusini oʻrganadi. 7-yoshidan boshlab esa toʻylarda doira ijro qiladi. 1995–1999-yillarda „Matyusuf Xarratov“ nomidagi Urganch musiqa bilim yurtida anʼanaviy xonandalik yoʻnalishida, 2007–2011-yillarda „Abdulla Qodiriy“ nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) ijtimoiy madaniy faoliyat yoʻnalishida tahsil olgan. Talabalik davrida doira cholgʻusi bilan hamnafas boʻlib, ustozlari bilan qoʻshiqlar ham kuylagan. 2024-yildan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Xonandalik faoliyati

Anvar Sobirov 2002-yilda ilk marta estrada yoʻnalishida „Voha-voha“ nomli qoʻshiq ijro etgan va bu qoʻshiq mashhurlikka erishgan. Ilk konsertini esa 2005-yil Istiqlol sanʼat saroyida bergan. Bundan keyin 2011-yilda Istiqlol sanʼat saroyida “Koʻzimga toʻtiyo Vatan tuprogʻi“ nomli, 2014-yilda „Ayyoming muborak elim“ nomli konsertlar qoʻygan.

2015-yilda Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Anvar Sobirovni „ma’naviyat targ‘iboti borasidagi darslarga qatnashmaganligi uchun“ litsenziyasini bekor qilgan. Lekin shu yilning yakunida litsenziyasini qaytarib olgan.

Ijro etgan qoʻshiqlari
Nomi Shoir Bastakor Yil Izoh Manba
Voha-voha 2002
Rotalla
Seni sevdim
Xayr
Muhabbat
Alam qilarkan Tohir Muhammad Jasur Javhanazarov 2015
Jiyda guli 2010 „Jiyda guli“ filmiga soundtrack
Xayr yorim 2005 Begona bahor filmiga soundtrack
Shuba 2019

Aktyorlik faoliyati

Anvar Sobirov birinchi marta 2005-yilda rejissyor Ibrohim Rasulov tomonidan Begona bahor nomli filmda suratga tushgan. Uning filmdagi hamkori aktrisa Nargiza Abdullayeva boʻlgan.

Suratga tushgan filmlar roʻyxati
Nomi Rol Rejissyor Yil Manba
Oppoq orzular Ibrohim Rasulov 2018
Jiyda guli Murod Ibrohim Rasulov 2010
Begona bahor Ibrohim Rasulov 2005
Qayerdasan Oymomo? Tojivoy Isroilov
Qish ertagi Dilmurod Mirxidoyev
Yuqori