Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mineirão stadioni, rasmiy nomi portugalcha - Estádio Governador Magalhães Pinto, (Gubernator Magalhães Pinto Stadioni) 1965-yili Belu-Orizonti shahrida qurilgan

Mineirão stadioni

 BRA Estádio Governador Magalhães Pinto
Mineirão
Toʻliq nomi Estádio Governador Magalhães Pinto
Joyi Belu-Orizonti, Minas Jerays, Braziliya
Koordinatalari 19°51′57″S 43°58′15″W / 19.86583°S 43.97083°W / -19.86583; -43.97083
Asos solingan 1959
Qachon ochilgan 5-sentyabr, 1965
Qachon taʼmirlangan 21-dekabr, 2012
Egasi Minas Arena
Yuzasi Chim
Hajmi 58,170
Maydon oʻlchami 105 x 68 m
Maydon egalari
Cruzeiro
FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013
FIFA Jahon chempionati 2014

Mineirão stadioni, rasmiy nomi portugalcha - Estádio Governador Magalhães Pinto, (Gubernator Magalhães Pinto Stadioni) 1965-yili Belu-Orizonti shahrida qurilgan. Braziliyaning Minas Jerays shtatidagi eng katta futbol stadionidir. Bu stadion FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 va FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqalariga xizmat qildi, shuningdek ushbu stadioni, 2016-yili Rio de Janeyroda boʻlib oʻtadigan yozgi olimpiada oʻyinarida futbol bellashuvlariga ham mezbonlik qiladi.

Tarixi

Stadion 1965-yil 5-sentyabrda ochilgan, oʻshanda yangi stadionda ilk uchrashuv Minas Jerays shtati terma jamoasi bilan Argentinaning Club Atlético River Plate klubi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Stadionning ochilishi Minas Jerays shtatida futbolning rivojlanishiga olib keldi. Oradan bir yil oʻtin maydon egasi Cruzeiro klubi Braziliya kubogi sohibiga aylanadi. 1971-yilda esa Atlético Mineiro klubi Braziliyaning ilk chempioni boʻladi. Stadion tarixida eng koʻp muxlis kirgan uchrashuv 19997-yili shtat ligasi Cruzeiro va Villa Nova klublari oʻrtasidagi final uchrashuviga 132,834 muxlis kirgan. Ushbu oʻyinda ayollar va bolalar pul toʻlamagan, 74,857 kishi chipta sotib olgan, 56,618 muxlis ayollardan iborat boʻlgan.

Muhim oʻyinlar

  • Ilk oʻyin: Oʻrtoqlik – 5-sentyabr, 1965 – Minas Jerays shtati terma jamoasi 1–0 Club Atlético River Plate (ARG) Tomoshabinlar: 73,201
  • Ilk xalqaro oʻyin: Oʻrtoqlik – 7-sentyabr, 1965 – Braziliya 3–0 Urugvay. Bu oʻyinda, Braziliyaning barcha futbolchilari Palmeiras klubi oʻyinchilari boʻlgan.
  • Ilk derbi: Minas Jerays shtati chempionati – 24-oktabr, 1965 – Cruzeiro 1–0 Atlético
  • Braziliyaning eng yirik magʻlubiyati: Jahon chempionati 2014 yarim finali - 8-iyul, 2014 - Olmoniya 7-1 Braziliya

Urilgan tarixiy gollar

  • 1-gol: Buglê, 1965-yil 5-sentyabrda Minas Jerays shtati terma jamoasidan
  • 1000-gol: Lola, 1968-yil 6-aprelda Atlético Mineiro klubidan
  • 5000-gol: Paulinho, 1985-yil 10-martda Villa Nova klubidan

FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013

Sana Vaqt (UTC-03) Jamoa #1 Nat. Jamoa #2 Round muxlis
17-iyun, 201316:00 Fransuz Polineziyasi1–6 NigeriyaB guruhi20,187
22-iyun, 201316:00 Yaponiya1–2 MeksikaA guruhi52,690
26-iyun, 201316:00 Braziliya2–1 UrugvayYarim final57,483

FIFA Jahon chempionati 2014

Sana Vaqt (UTC-03) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round muxlis
14-iyun, 201413:00 Kolumbiya3–0 GretsiyaC guruhi57,174
17-iyun, 201413:00 Belgiya2–1 JazoirH guruhi56,800
21-iyun, 201413:00 Argentina1–0 EronF guruhi57,698
24-iyun, 201413:00 Kosta Rika0–0 AngliyaD guruhi57,823
28-iyun, 201413:00 Braziliya1–1 (qarangv) (Penaltilar: 3–2) ChiliNimchorak final57,714
8-iyul, 201417:00 Braziliya1–7 GermaniyaYarim final58,141
Yuqori