Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Valdemar Anton (1996-yil 20-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Borussia Dortmund klubida markaziy himoyachi sifat

Valdemar Anton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Valdemar Anton
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valdemar Anton
Tavallud sanasi 1996-yil 20-iyul (1996-07-20) (30 yosh)
Tavallud joyi Olmaliq, Oʻzbekiston
Boʻyi 189
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 3
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Gannover 96 II (1)
2016—2020 Gannover 96 130 (5)
2020—2024 VfB Shtutgart 65 (2)
Milliy terma jamoa
2016-2019 Germaniya U-23 11 (0)
2024— Germaniya 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Valdemar Anton (1996-yil 20-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Borussia Dortmund klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Anton Gannover tumanidagi Myulenberger SV klubida yoshlar jamoasida yetti yoshidan futbol oʻynay boshlagan.

2020-yil 28-iyulda Anton VfB Shtutgartga koʻchib oʻtgan va shvabliklar bilan 2024-yilning iyun oyi oxirigacha moʻljallangan shartnoma imzolagan. 2021-yil 5-noyabrda u shartnomasini 2025-yilning oxirigacha uzaytirgan.

VfB Stuttgart

2020-yil 28-iyulda u VFB Shtutgartga toʻrt yillik shartnoma asosida oʻtdi. 2021-yilning 5-noyabrida u shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirgan.

Borussiya Dortmund

2024-yil 8-iyulda Anton Bundesligada ishtirok etuvchi Dortmundning „Borussiya“ klubiga qoʻshilgan va 22,5 million yevro evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolagan

Xalqaro oʻyinlar

Anton Germaniya terma jamoasining yoshlar terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. Anton Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida 2017-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va 2019-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan.

Anton Rossiya, Oʻzbekiston va Germaniya terma jamoalarida oʻynash huquqiga edi. 2017-yilda Oʻzbekiston futbol ittifoqi u bilan bogʻlangan, biroq u terma jamoada oʻynashni istamagan 2024-yilning mart oyida u Fransiya va Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2024-yilning 23-martida Fransiyaga qarshi bahsda debyut qilgan. Anton Germaniya terma jamoasining Yevro-2024 uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Yutuqlari

Gannover 96

  • Bundesligaga koʻtarilish: 2017-yil

Milliy terma jamoa

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2017-yil

Individual ravishda

  • Quyi Saksoniyaning yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil

Faoliyat statistikasi

2021-yil 13-fevral holatiga ko‘ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga DFB-Pokal Umumiy Mnb.
Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hannover 96 II 2015-16 Regionalliga Nord 11 1 11 1
Hannover 96 2015-16 Bundesliga 8 1 0 0 8 1
2016-17 2. Bundesliga 31 2 2 0 33 2
2017-18 Bundesliga 27 1 2 0 29 1
2018-19 Bundesliga 34 1 2 0 36 1
2019-20 2. Bundesliga 30 0 1 0 31 0
Umumiy 130 5 7 0 137 5
VfB Stuttgart 2020-21 Bundesliga 31 0 3 0 34 0
2021-22 Bundesliga 29 2 1 0 30 2
2022-23 Bundesliga 15 1 1 0 16
Umumiy faoliyat 159 6 10 0 169 6

Shaxsiy hayot

Anton Oʻzbekistonda ota-onasi nemis va rus millatiga mansub oilada tugʻilgan.

Yuqori