Alla Pugachyova | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1949-yil 15-aprel Moskva, Rossiya |
| Janrlar | Pop |
| Faoliyat yillari | 1965 yildan hozirgi kungacha |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Maksim Galkin |
| Amplua | Qoʻshiqchi |
| Veb-sayt | http://allapugacheva.pro/ |
Alla Borisovna Pugachyova (ruscha: А́лла Бори́совна Пугачёва; 1949-yi 15-aprel, Moskva) — taniqli rus estrada qoʻshiqchisi. Xalq artisti (1991). Sanʼatdagi faoliyatini 1965-yillardan boshlagan hamda 2010-yilda faoliyatini yakunlagan.
Hayoti
Pugachyova Alla Borisovna Moskvadagi Teatr sanʼati institutini tugatgan (1981). O. Lundstrem rahbarligidagi estrada orkestrida (1971—72), Roskonsertda (1978—87) yakka xonanda, „Qoʻshiq teatri“ teatr-studiyasining asoschisi va badiiy rahbari (1988-yildan). P. ijodi yuqori vokal va aktyorlik sanʼati, har bir qoʻshigʻini mukammal dramaturgik asar darajasiga koʻta-ra olishi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik kabi oʻziga xos uslubi bilan ajralib tu-radi. Repertuaridan R. Pauls, A. Zatsepin, M. Tariverdiyev, I. Nikolayev va boshqa kompozitorlar hamda oʻzi bastalagan qoʻshiqlar oʻrin olgan („Arlekino“, „Million qizil atirgul“, „Maestro“, „Paromchi“, „Bu dunyo“, „Menga yokadi“, „Aysberg“ va boshqalar). Yevropa, Amerika va Osiyo (jumladan, Oʻzbekistonda ham) gastrolda boʻlgan. Xalqaro estrada tanlovlarida (Bolgariya, 1975; Polsha, 1978) Gran-pri mukofotiga sazovor boʻlgan. Rossiya Davlat mukofoti laureata (1994).
Faoliyati
| Bu boʻlim chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Unvonlari
| Bu boʻlim chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 15-aprelda tugʻilganlar
- 1949-yilda tugʻilganlar
- Musiqachilar haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Rossiyalik aktrisalar
- Sovet aktrisalari
