| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Alisher Xoliqov | ||
| Tavallud sanasi | 1982-yil 20-aprel | ||
| Tavallud joyi | ZarafshonOʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 179 cm (5 ft 10 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Vazni | 78 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| – | Zarafshon | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2000—2002 | Zarafshon | 50 | (18) |
| 2003—2004 | Qizilqum | 30 | (5) |
| 2004—2007 | Buxoro | 65 | (16) |
| 2007—2012 | Neftchi | 98 | (33) |
| 2012 | Buxoro | 7 | (0) |
| 2012 | Qizilqum | 12 | (1) |
| 2013 | Zarafshon | 11 | (4) |
| 2013—2015 | Qizilqum | 48 | (6) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Alisher Xoliqov (inglizcha: Alisher Khalikov, 20-aprel 1982-yil,Zarafshonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafqadagi futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Alisher Xoliqov professional faoliyatini 2000-yilda „Zarafshon Navoiy“ klubi safida boshlagan va 2002-yilgi mavsum oxirigacha ushbu klubda toʻp surgan. Bu vaqt ichida u 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urishga erishgan. 2003-yil boshida „Qizilqum“ jamoasiga oʻtib, ikki mavsum davomida „oltin izlovchilar“ safida toʻp surgan. Bu davrda jamoada 30 ta oʻyinda maydonga tushgan va 5 ta gol urgan.
2005-yil boshida Xoliqov Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan. Buxoro jamoasi tarkibida 65 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan. 2008-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan. 2009-yilgi mavsumda Neftchi klubi tarkibida AFC Kubogida ishtirok etib 6 ta gol muallifi boʻlgan. 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasida 13 ta gol urgan va Nosirbek Otaqoʻziyev birga mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Xoliqov „Neftchi“ klubi safida Oʻzbekiston Oliy ligasida jami 69 ta oʻyinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan.
2012-yilgi mavsumda avvaliga „Buxoro“ jamoasi tarkibiga qaytgan va yozgi transfer oynasida „Qizilqum“ klubida tarkibida ham yarim mavsum toʻp surgan. 2013-yilning birinchi yarmini Navoiyning „Zarafshon“ klubida ijara asosida oʻtkazgan. Oʻsha yilning ikkinchi yarmida „Qizilqum“ jamoasiga qaytgan va 2015-yilda shu jamoa tarkibida faoliyatini yakunlagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2008-yil
Individual
- Oʻzbekiston chempionati toʻpurari: 2010-yil
- 20-aprelda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Zarafshonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Navoiy viloyati kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Zarafshon Navoiy futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari