Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nasiba Melikovna Abdullayeva (1961-yil 15-noyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek estrada xonandasi. Oʻzbekiston (1993) va Ozarbayjon (2022) xalq

Nasiba Abdullayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nasiba va familiyasi Abdullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nasiba Abdullayeva
Tavalludi 1961-yil 15-noyabr (1961-11-15) (64 yosh)
Samarqand, OʻzSSR
Janrlar estrada musiqasi
Kasbi qoʻshiqchi aktrisa
Faoliyat yillari 1979-yildan
Leybllar Blue Flame Records
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari
Mehnat shuhrati ordeni
Veb-sayt http://nasibaabdullaeva.com/

Nasiba Melikovna Abdullayeva (1961-yil 15-noyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek estrada xonandasi. Oʻzbekiston (1993) va Ozarbayjon (2022) xalq artisti. Oʻzbek, fors, ozarbayjon, arab, tojik, rus va boshqa tillarda qoʻshiqlar ijro etadi.

Hayoti

Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Melik Yarmuhamedov (eron) va onasi Xalchuk Xalimakulova (millati tojik) oilasida tugʻilgan. Nasiba Abdullayeva bolaligida musiqa maktabida akkordeonda oʻqigan. Boʻlajak xonanda arxitektura-qurilish institutiga kira olmaganidan keyin, maktabda musiqa oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.

1980-yilda Nasiba yangi tashkil etilgan „Samarqand“ vokal-cholgʻu ansambliga solist sifatida taklif qilingan. Oʻsha yili uning qoʻshiqlari bilan ikkita – „Bari Gal“ va „Samarqand“ nomli albomlari chiqqan.

1989-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat institutini tamomlab, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga ishga oʻtdi.

1990-yilda „Ayriliq“ nomli birinchi yakkaxon albomini chiqaradi.

2000-yilda eri bilan ajrashgach, ikki yil davomida sahnani tark etadi.

2002-yilda esa sahnaga qaytadi. Nasiba Abdullayeva 2004-yildan beri Davlat konservatoriyasida estrada ijrochiligi kafedrasida dars beradi.

2018-yilda „Farida“ qoʻshigʻidan parcha Fendi savdo uyi reklama roligida ishlatilgan.

2022-yil 30-avgustda Ozarbayjon prezidentining farmoni bilan Nasiba Abdullayevaga Ozarbayjon xalq artisti faxriy unvoni berilgan.

Shaxsiy hayoti

Nasiba Abdullayeva 1979-yilda ganjalik gitarachi Eldor Abdullayevga turmushga chiqqan. Afsuski, ular 2000-yilda ajrashishgan.

Diskografiyasi

1980-yil – „Bari gal“

1980-yil – „Samarqand“

1990-yil – „Ayriliq“

2000-yil – „Sogʻinch“

2002-yil – „Umr bahori“

2006-yil – „Eslanar“

2014-yil – „Baxt oʻzi nimadur?“

Filmografiyasi

Film

Yil Film nomi Rol Izoh
1989„Nasiba“Nasiba Abdullayeva Kameo
1995Yulduzingni ber osmon“ („Verni zvezdu moyu“)Malika Vokal
2003„Munis onam“Nasiba Abdullayeva Kameo
2006„Suiqasd“
2008„Madagaskar 2“ (oʻzbekcha tarjimasi)Flori Ovoz bergan

Mukofotlari

Nasiba Abdullayeva 1987-yilda O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist, 1999-yilda Oʻzbekiston xalq artisti, 1999-yilda Mehnat shuhrati ordeni, 2018-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2022-yilda Ozarbayjon xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori