Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hojimat Botirovich Erkinov (oʻzbekcha: Ҳожимат Ботир ўғли Эркинов; 2001-yil 29-mayda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Toshkentning „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekist

Xojimat Erkinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Hojimat Erkinov
2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hojimat Botir oʻgʻli Erkinov
Tavallud sanasi 2001-yil 29-may (2001-05-29) (25 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.74 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Wahda FC
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2019 Paxtakor Toshkent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2022 Paxtakor Toshkent 37 (6)
2019   Qoʻqon 1912 8 (0)
2020   AGMK 10 (1)
2022—2023 Torpedo Moskva 20 (0)
2023   Paxtakor Toshkent 9 (2)
2024—2025 Al Wahda FC 31 (1)
2025— Paxtakor Toshkent 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Oʻzbekiston U-19 2 (1)
2021–2022 Oʻzbekiston U-23 23 (2)
2020— Oʻzbekiston 35 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 30-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 20-iyun uchun)

Hojimat Botirovich Erkinov (oʻzbekcha: Ҳожимат Ботир ўғли Эркинов; 2001-yil 29-mayda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Toshkentning „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati

Paxtakor

„Paxtakor“ futbol akademiyasi oʻyinchisi. 2019-yilning yozida „Qoʻqon 1912“ futbol klubi tomonidan ijaraga olingan. 2020-yilning birinchi yarmini AGMK jamoasida ijarada oʻtkazdi.

2020-yilning 9-sentabr kuni „Paxtakor“ jamoasi safida „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻyinning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan.

Torpedo

2022-yil 8-iyulda u Moskvaning „Torpedo“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 2023-yil 4-iyulda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga ijara asosida yarim mavsumga qaytdi.

Al Vahda

2024-yil fevral oyida BAAning „AL Vahda“ jamoasiga Moskvaning „Torpedo“ jamoasi tominidan mavsum soʻngiga qadar ijaraga berilgan. Keyinchalik esa „Al Vahda“ jamoasi Erkinovni sotib olgani va „Torpedo“ jamoasiga 300 000 yevro oʻtkazib bergani xabar qilindi. „Al Vahda“ jamoasi Erkinov bilan 2026-yil 30-iyunga qadar shartnoma imzolagan maʼlum qilingan.

Terma jamoalardagi faoliyati

Yoshlar jamoalarida oʻynagan. Oʻzbekiston asosiy terma jamoasi safida Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Oʻyinlar statistikasi

Klublarda

28-avgust 2022-yil holatiga
IshtirokLigaKubokYevrokubokJami
KlubLigaMavsumOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollar
 UZB PaxtakorSuperliga 2020 804010 13 0
2021 1855261 29 8
2022 1111061 18 2
Jami 376102132 60 10
   UZB Qoʻqon 1912Superliga 2019 8000 8 0
Jami 8000 8 0
   UZB AGMKSuperliga 2020 10100 10 1
Jami 10100 10 1
 RUS TorpedoRPL 2022-23 6000 6 0
Jami 6000 6 0
Faoliyatidagi barchasi 617102132 84 11

Jamoa oʻyinlari

29-mart 2022-yil holatiga
Oʻzbekiston terma jamoasi
YilIshtGol
202050
202140
202252
202351
2024121
202552
Jami376

Statistika 2025-yil 9-oktyabrda bo'lib o'tgan o'yin holatiga ko'ra to'g'ri.

SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.23.09.2022Goyang, Goyang, Koreya Respublikasi Kamerun1–02–0
2.16.11.2022Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Qozogʻiston1–02–0
3.17.06.2023Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Tojikiston4–15–1
CAFA Nations Cup
4.26.03.2024Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Gonkong2–03–02026-yilgi Jahon chempionati saralashi
5.25.03.2025Azadi, Tehron, Eron Eron1–02–2
6.30.08.2025Olimpiya, Toshkent, Oʻzbekiston Ummon1–11–1
2025 CAFA Nations Cup
7.9.11.2025 Kuvayt
2–0
2–0
Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar

Terma jamoa

Oʻzbekiston U23
  • AFC U-23 Osiyo kubogi kumush medali sovrindori: 2022, 2024
  • Osiyo oʻyinlari bronza medal sohibi: 2022
Oʻzbekiston
  • MOFA millatlar kubogi gʻolibi: 2025

Klub

Paxtakor
Al-Vahda
  • BAA chempionati bronza medal sohibi: 2024/25
  • BAA liga kubogi sohibi: 2023/24

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori