- Vikipediyada ismi Kamol va familiyasi Murodov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Kamol Murodov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1974-yil 29-noyabr Olot tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Sport | |
| Qaysi sport | Dzyodo |
| Medallar | |
| | |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Osiyo chempionati | ||
| Kumush | Osaka 2000 | 90kg gacha |
| Osiyo o‘yinlari | ||
| Bronza | Bangkok 1998 | 90kg gacha |
Kamol Murodov (1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan) — oʻzbek dzyudochisi. 1996 va 2000-yildagi yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, 2000-yilgi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 1998-yilda yozgi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori.
Tarjimai holi
Kamol Murodov 1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida dunyoga keladi.
1996-yili Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safiga qoʻshiladi va 95 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etdi. Murodov 1/8 finalda lyuksemburglik Igor Myullerga 2 daqiqada taslim boʻladi .
1998-yili Bangkokda boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali sohibi boʻladi.
Kamol Murodov 2000-yili Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida u Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 90 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib, 1/8 finalda esa 3-daqiqada janubiy koreyalik Yu Son Yonuga magʻlub boʻladi .
Kamol oʻsha yili Osaka shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda janubiy koreyalik Yun Don Sikuga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritadi .
U bir necha bor vakillik xalqaro turnirlarida gʻolib boʻlgan: 1998-yilda Myunxendagi World Masters musobaqalarida, 1999-yilda Nyu-Yorkdagi New York Open turnirida, 2000-yilda Nabuldagi turnirda gʻolib chiqqan .
Kamol Murodov Harbiylar boʻyicha uch marotaba jahon chempionatida gʻolib boʻladi: 1997-yilda Dubrovnikda va 1998-yilda Sankt-Peterburgda bronza medallarini, 2000-yilda Den Xelderda kumush medalini qoʻlga kiritadi .
- 29-noyabrda tugʻilganlar
- 1974-yilda tugʻilganlar
- Olot tumanida tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar
- Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari