Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Al-Harra jangi (arabcha: يوم الحرة‎‎) – xalifa Yazid I hukmronligi davrida Muslim ibn Uqba boshchiligidagi (hukmronligi"}]]}'>h. 680–683) Umaviylar qoʻshini ham

Al-Harra jangi

Al-Harra jangi
Ikkinchi fitnaning bir qismi
Sanalar 683-yil 26-avgust
Urush yeri Harrat Vaqim, Madinaning shimoli-sharqiy chekkasi
24°29′22″N 39°43′40″E / 24.48944°N 39.72778°E / 24.48944; 39.72778
Natija Umaviylar gʻalaba qozongan
Qoʻmondonlar
Umaviylar xalifaligi
  • Suriya armiyasi
  • Madinadagi Banu Umayya qabilasi
    Qoʻmondonlar:
    • Muslim ibn Uqba
    • Marvon ibn al-Hakam
Madina aholisi
  • Ansoriylar
  • Muhojirun (shuningdek, Quraysh qabilasi ham)
    Qoʻmondonlar:
    • Abdulloh ibn Hanzala 
    • Abdulloh ibn Mutiy 
    • Maʼqil ibn Sinon al-Ashjoʼiy
Kuchlar
4 000–12 000 2,000
yoʻqotishlar:
  • 180–700 nafar ansorlar quraysh qabilasi vakillari
  • 4 000–10 000 nafar madinaliklar jangdan keyin

Al-Harra jangi (arabcha: يوم الحرة) – xalifa Yazid I hukmronligi davrida Muslim ibn Uqba boshchiligidagi (h.680–683) Umaviylar qoʻshini hamda xalifaga qarshi bosh koʻtargan Madina shahri mudofaachilari ansoriylar va muhojirunlar oʻrtasida kechgan jang. 683-yil 26-avgust kuni Madinaning shimoli-sharqiy chekkasidagi Harrat Vaqim deb nomlangan hududda boʻlib oʻtgan va bir kundan kam vaqt davom etgan.

Madinaning yuqori qatlam vakillari Yazidning taxtni meros qilib olishini (bu holat oʻsha paytgacha islom tarixida misli koʻrilmagan edi) maʼqullamadilar. Ular xalifaning dinga zid turmush tarzidan hamda Umaviylarning iqtisodiy siyosati hamda amallaridan norozilik bildirardilar. Shu sababli Madina aholisi ochiqchasiga isyon koʻtardi va Madinadagi Umaviylar urugʻini qurshab olib, shahar atrofida mudofaa xandaqlari qazdi. Yazid yuborgan jangovar qoʻshin va shu paytga kelib qamaldan ozod boʻlgan mahalliy Umaviylar Harrat Vaqim hududiga joylashdi va bu yerda isyonchilar bilan toʻqnash keldi. Dastlab Madina aholisi ustunlikka ega boʻlgan boʻlsa-da, Banu Horisa qabilasining jangovor safdan chiqib ketishi tufayli ular magʻlubiyatga uchradilar. Shu sababli Marvon ibn al-Hakam boshchiligidagi otliq askarlar ularni orqa tomondan hujumga tutishga muvaffaq boʻldi.

Joylashuvi

Zamonaviy Iordaniyaning sharqiy choʻlida joylashgan bazalt toshli yer, Havron mintaqasi gʻarbiy Arabistongacha choʻzilgan keng hududni qamrab oluvchi ḥarras (lava maydonlari) mintaqasiga xos tabiiy landshaft hisoblanadi.

Jang Harrat Vaqim lava maydonida sodir boʻlgan, ushbu hudud Hijoz mintaqasi (gʻarbiy Arabiston) Madina shahrining sharqiy chekkalarida joylashgan edi. Bu joy nomi islomdan oldingi davrda shu hududda yashagan Banu Qurayza qabilasining Vaqim qal’asi nomidan olingan boʻlib, shuningdek, Harrat Banu Qurayza yoki Harrat Zuhra nomlari bilan ham tanilgan. Ushbu lava maydoni ḥarras deb ataluvchi keng koʻlamli geologik tizim, yaʼni bazalt choʻllar tizimining bir qismi boʻlib, Suriyadagi Havron hududining sharqidan tortib Madina atrofidagi yerlargacha choʻzilgan. Al-Harra jangi mashhurligi tufayli musulmon manbalarida bu joy keyinchalik al-Harra nomi bilan tilga olinadigan boʻlgan.

Shundan soʻng, qoʻshin Madinani uch kun davomida talon-taroj qilgan, biroq ushbu talonchilik haqida manbalarda turlicha maʼlumotlar keltirilgan. Keyinchalik Suriya qoʻshini isyonchilar yetakchisi Abdulloh ibn Zubayrni Makka shahrida qamal qilish uchun yoʻl olgan, biroq bu yoʻl davomida Muslim ibn Uqba vafot etgan.

Yuqori