| Dias Nigʻmatovich Rahmatov | |
|---|---|
| Tavalludi | 27-fevral 1937-yil |
| Vafoti | 18-avgust 2013-yil (76 yoshda) |
| Kasbi | aktyor |
| Faoliyat yillari | 1957-2013 |
| Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2008) |
Dias Nigʻmatovich Rahmatov (1937 — 2013) oʻzbek dublyaj, teatr va kino aktyori boʻlgan. Dias Rahmatov 1937-yil 28-fevral kuni tugʻilgan. Ismi Ispaniya ozodlik harakati yoʻlboshchisi José Díaz sharafiga qoʻyilgan.
Mehnat faoliyati
1957-yil Hamza nomidagi akademik drama teatri (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)da mehnat faoliyatini boshlagan, 1959-yil esa Toshkent teatr va rassomchilik institutini bitirgan.
„Suyunchi“ (1982), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984), „Armon“ (1986), „Maysaraning ishi“ (1988), „Abdullajon“ (1991), „Bomba“ (1993), „At-Termiziy“ (1998), „Fellini“ (1999), „Kichkina odamlar“ (2008) va qator boshqa filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan.
Dias Rahmatov, shuningdek, teatr va kino sohasidan tashqari, oʻzbek dublyajida ham samarali mehnat qilib, oʻnlab, yuzlab qahramonlarga ovoz bergan. Jumladan, Georgiy Vitsin oʻzbek kinoixlosmandlari orasida aynan Dias Rahmatov ovozi bilan mashhurlashgan.
Unvonlari
Dias Rahmatov 2008-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-mayda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dias Rahmatov 2013-yili 76 yoshida vafot etdi.
- 27-fevralda tugʻilganlar
- 1937-yilda tugʻilganlar
- 18-avgustda vafot etganlar
- 2013-yilda vafot etganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Dublyaj ustalari
- Oʻzbekistonlik dublyaj ustalari