Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mirzabek (Mirzatilla) Xolmedov (1961-yil 13-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi. O

Mirzabek Xolmedov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Mirzabek va familiyasi Xolmedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Mirzabek Xolmedov
Tavalludi Mirzabek Xolmedov
1961-yil 13-dekabr (1961-12-13) (64 yosh)
Janrlar anʼanaviy musiqa

Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Amplua Qoʻshiqchi, aktyor va qiziqchi

Mirzabek (Mirzatilla) Xolmedov (1961-yil 13-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Oʻzbekiston davlat satira teatri direktori (2025-yildan).

Bolalik yillari

Mirzabekning yoshlik yillari o'zi tugʻilib oʻsgan Toshkentda oʻtgan. Maktab tadbirlarida faol ishtirok etib, oʻsmirlik davridanoq hayotini sanʼat bilan bogʻlagan. Maktabda oʻqishga qiziqmagan boʻlsada, uni yaxshi bahoda tugatishga muvaffaq boʻlgan. Soʻngra, Toshkent sanʼat institutiga oʻqishga kirgan.

Ijodiy faoliyati

Mirzabek Xolmedov institutni tugallab, oʻzining shaxsiy „Mirzo teatri“ nomli teatriga asos soldi. Jamoa tarkibiga oʻzidan tashqari, talabalik yillarida tanishgan ikki nafar Oʻzbekistonlik qiziqchi Shukurullo Isroilov va Valijon Shamshiyevlarni qoʻshdi va bu jamoani yillar davomida yangilab, kengaytirib bordi. Uning teatridagi faoliyati spektaklni sahnalashtirishga qaratilgandir. Mirzabek Xolmedovning aytishicha u rus tilida rep yozishga va kuylashga harakat qilgan, lekin ushbu yoʻnalishdagi ijodi uzoqqa choʻzilmagan. Oʻzbek tilida bir qancha rep va pop janrida qoʻshiqlari mavjud. 1986-yilda oʻzbek xonandasi Rustam Gʻoipov ijro etgan „Davraga tush“ qoʻshigʻi Mirzabek Xolmedov yozgan sheʼr asosida bastalangan.

Diskografiyasi

Qoʻshiqlari
Bir qop pul
Umr nima
Balo
Dunyoga keldik
Faqat meni otam yoʻq
Odamlar
Bale
Xizr
Imkon boʻlganda
Yoshlik
Aroq
Onaginam
Oh onajon
Onajon
Bolam, bolam

Shaxsiy hayoti va oilasi

Xolmedov shaxsiy hayotining tafsilotlari haqida gapirishni yoqtirmaydi, shuning uchun qiziqchi oilasi haqidagi asosiy maʼlumotlarni sir saqlaydi. U turmush qurgan va uch nafar farzandi bor. Farzandlari Ulugʻbek va Oybek va Otabek Xolmedovlar eng katta ogil Otabek 2 Oybek 3 Ulugbek ham ota kasbida faoliyat yuritishadi.

Teatrdagi faoliyati

1985-yil Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrida Hamza Hakimzoda Niyoziy pyesasi, N. Abdurahmonov rejissyorligi asosida „Maysaraning nayranglari“ nomli spektaklida Hidoyatxon rolini ijro qilgan. 1986-yilda L. Gerchikov va N. Miroshnichenko rejissyorligi asosida „Iblis farishtalari“ nomli spektaklida rol ijro etgan.

1986-yilda P. Fayziev rejissyorligi asosida sahnalashtirilgan „Hur qizlar“ spektaklida Fashist rolini ijro etgan.

Filmografiyasi

Yil Kino
2016-yil „Seni sevdim“
2015-yil „Uchinchi muammo“
2013-yil „Lavz“
2011-yil „Jiblajibon“
2010-yil „Ulfatlar Tailandda“
2010-yil „Bekorchilar makoni“
2008-yil „Ulfatlar — 2“
2005-yil „Ulfatlar“
2004-yil „Muhabbat sinovlari — 2“
2003-yil „Muhabbat sinovlari“
1992-yil „Alif Leyla yoki makkora“ (अलिफ़ लैला) (hind va oʻzbek qoʻshma film)
1989-yil „Sherali va Oybarchin“
1989-yil „Koʻzlarim yoʻlingda“
1989-yil „Marhumni hurmati“
1987-yil „Klinika“

Erishgan yutuq va mukofotlari

  • „Yumorist-89“ saralash tanlovi g‘olibi (Qiziqchi, O‘zbekiston SSR).
  • 1992-yil Filmni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun — Finas diplomi (Malayziya Milliy kino taraqqiyot korporatsiyasi) sovrindori.
  • 1998-yil „Zamin yulduzlari“ Milliy mukofoti sovrindori.
  • 2025-yil mart oyida „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni Milliy mukofoti sovrindori boʻlgan.
  • 2025-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.
Yuqori