Nasaviy, Shihobiddin Muhammad annasaviy (? —1249) — tarixchi, Ashxobod yaqinidagi Xuran-diz qalʼasi hokimi (1219—21). N 1220—24 yillarda moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan. 1224-yildan Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi boʻlgan, uning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1241-yil arab tilida „Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi“ („Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti tafsiloti“) nomli asar muallifi. Asarda Movarounnaxrni bosib olinishi bilan bogʻliq vo-qealar bayon etilgan. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining ijtimoiysiyosiy ahvoli toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar bor. Asar XIII asr oxirlarida fors tiliga tarjima qilinib, Tehronda, uning arabcha nusxasi Parij, Qohirada, ruscha tarjimasi Bokuda va oʻzbek tilida Toshkentda (1999) nashr etilgan.
- Tarixchilar