Misr tili — qadimgi misr tili hozirgi Misr hududida tarqalgan, somxom tillari oilasiga mansub. Arab tilining misr lahjasi tomonidan siqib chiqarilgan va milodiy V asrdan oʻlik tilga aylangan. Misr tilida yozilgan dastlabki yodgorliklar miloddan avvalgi 4 ming yillik oxiri — 3 ming yillik boshiga toʻgʻri keladi. Oʻzining 35 a.dan iborat tarixida Misr tili bir-biridan farqlanuvchi 4 ta taraqqiyot bosqichini bosib oʻtgan. Qad. Misr tili (miloddan avvalgi 32—22 asrlar), oʻrta Misr tili (miloddan avvalgi 22—XIV asrlar), yangi Misr tili (miloddan avvalgi XIV—VII asrlar), demotik Misr tili (miloddan avvalgi VII asr — milodiy V asr); yozuvining oʻta murakkabligi sababli, Misr tilining grammatik qurilishi, lahjalari haqidagi barcha maʼlumotlar taxminan harakterga ega. Misr tilini va uning negizida paydo boʻlgan kopt tilini, bu tillarning yozuvlarini oʻrganish davom etmoqda.
- Tillar
- Tillar haqidagi chala maqolalar