| Zulayho Bahriddinovna Mahkamova | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2024-yil 21-noyabrdan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis qilingan |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1968-yil 28-avgust Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Mukofotlari | |
| Vebsayti | https://gov.uz/wcu |
Zulayho Bahriddinovna Mahkamova – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.
Tarjimai holi
1968-yil 29-avgustda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.
Taʼlimi
1975-yili Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli maktabga oʻqishga kirib, 1986-yilda aʼlo baholar bilan oʻqishni tamomlagan, shundan soʻng 1986-yili Namangan davlat pedagogika institutini, Prezident huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1989-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 1998-yilga qadar xalq taʼlimi sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan (oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, boʻlim mudirasi, katta oʻqituvchi), 1998—2011-yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib saylanadi va keyinchalik xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida, soʻngra Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish markazi direktori, Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011—2017-yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017—2018-yillarda viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
Zulayho Mahkamova 2018-yil 24-apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020-yildan 4-martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi.
2022-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelmoqda.
Oilasi
Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni — 2021-yil 4-mart.
- 28-avgustda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston ayollari siyosatda
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
