Jacques Monod (9-fevral 1910 – 31-may 1976) - fransuz biologi va mikrobiologi. Sorbonna universitetini tugatgan (1931). 1940-yildan boshlab Paster institutida ishlagan. Sorbonna, keyinchalik, de Frans kolleji professor Ilmiy ishlari bakteriyalar irsiyati va bakteriya hujayrasi enzimologiyasining molekulyarbiologik aspektlariga bagishlangan. Fermentlar va viruslar sintezini irsiy nazorat qilishni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1965; F.Jakob va A. M. Lvov bilan hamkorlikda).
Turkumlar::
- Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Kimyogarlar
- 1910-yilda tugʻilganlar
- 1976-yilda vafot etganlar
- 9-fevralda tugʻilganlar
- 31-mayda vafot etganlar
- Fransiya kolleji akademik xodimlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar