| Muallif(lar) | Ernest Thompson Seton |
|---|---|
| Tarjimon(lar) | Togʻay Murod |
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | hikoyalar |
| Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1989 |
| Sahifalar soni | 432 |
| ISBN | ISBN 5-635-00386-9 |
„Yovvoyi yoʻrgʻa“, toʻliq nomi „Yovvoyi yoʻrgʻa: Jonivorlar haqida hikoyalar“ – kanadalik yozuvchi Ernest Thompson Seton qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Thompson Seton asarlarining ilk oʻzbekcha tarjimasi boʻlib, 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Bir necha marta, jumladan, 2010- va 2016-yillarda qayta nashr qilingan. Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi kitobxonlar orasida keng tanilgan boʻlib, tavsiya qilinadigan adabiyotlar roʻyxatlariga kiritilgan.
Hikoyalarni Togʻay Murod 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan „Domino“ hamda 1983-yil „Pravda“ nashriyotida chop etilgan „Rasskazi o jivotnix“ kitoblariga asoslanib ruschadan oʻzbekchaga oʻgirgan. Kitob rasmlarini Thompson Setonning oʻzi chizgan. Toʻplamga kiritilgan „Bingo“ (inglizcha: Bingo, the Story of My Dog), „Yovvoyi yoʻrgʻa“ (inglizcha: The Pacing Mustang) hikoyalari muallifning 1898-yil chop etilgan „Wild Animals I Have Known“ toʻplamidan olingan.
- Ingliz tilidagi kitoblar
- Kitoblarga oid chala maqolalar
- Hikoya kitoblar