Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yorugʻlik kuchi Iv{\displaystyle I_{v}} — fizik kattalik boʻlib, asosiy yorugʻlik fotometrik kattaliklaridan biri. U maʼlum bir yoʻnalishda vaqt birligiga uzati

Yorugʻlik kuchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yorugʻlik kuchi  — fizik kattalik boʻlib, asosiy yorugʻlik fotometrik kattaliklaridan biri. U maʼlum bir yoʻnalishda vaqt birligiga uzatiladigan yorugʻlik energiyasi miqdorini tavsiflaydi. Miqdoriy jihatdan elementar qattiq burchak ichida tarqaladigan yorugʻlik oqimining bu burchakka nisbatiga teng.

Uning oʻlchov birligi- Xalqaro oʻlchov birliklar tizimida (SI) "kandela" (ruscha belgi: kd xalqaro: cd) deb kiritilgan

Yorugʻlik kuchi tushunchasi faqat yorugʻlik manbasidan uning chiziqli oʻlchamlaridan sezilarli darajada ortib ketadigan masofalar uchun qoʻllanishi mumkin.

Nurlanish kuchi bilan bogʻliqlik

Kunduzgi (qizil chiziq) va tungi (koʻk chiziq) koʻrish uchun nisbiy spektral yorugʻlik samaradorligi.

Energiya fotometrik kattaliklari tizimida yorugʻlik kuchining muqobili- nurlanish kuchi hisoblanadi. . Nurlanish kuchiga nisbatan yorugʻlik kuchi — bu kunduzgi koʻrish uchun monoxromatik nurlanishning nisbiy spektral yorugʻlik samaradorligi qiymatlari yordamida olingan kichraytirilgan fotometrik kattalikdir.  :

Bu yerda  — monoxromatik nurlanishning spektral yorugʻlik samaradorligining maksimal qiymati (nurlanishning fotometrik ekvivalenti), 683 lm / Vt ga teng va nurlanish kuchining spektral zichligi boʻlib, kattalikka aniqlangan nisbiylik va oʻrtasidagi kichik spektral intervalga tushadi va bu intervalning kengligiga:

Misollar

Turli manbalarning yorugʻlik kuchi:

Manba Quvvat, Vt Taxminiy yorugʻlik kuchi, cd
Sham
1
Zamonaviy (2010) anʼanaviy qiziydigan lampa
100
100
Oddiy LED
0.015…0.1
0,005…3
Oʻta yorqin LED 1
1…30
Kollimatorli oʻta yorqin LED
1
1500
Zamonaviy (2010-yil) lyuminestsent lampa
22
120
Quyosh
3,83 ×1026
2,84 ×1027
Yuqori