| Yevgeniy Aleksandrovich Yevtushenko | |
|---|---|
| Евгений Александрович Евтушенко | |
| | |
| Tavalludi | Yevgeniy Aleksandrovich Gangnus 1932-yil 18-iyul Sharqiy Sibir oʻlkasi, SSSR |
| Vafoti | 1-aprel 2017 |
| Fuqaroligi | Rossiya |
| Otasi | Q125631960? |
| Veb-sayti | Yevtushenko |
Yevtushenko Yevgeniy Aleksandrovich (1933.18.7, Irkutsk viloyati – 2017-yil, 4-yanvar, Oklahoma) — rus shoiri. Birinchi sheʼriy toʻplami „Kelajak razvedkachilari“ (1952). Yevtushenko adabiyotni kompartiyaning gʻoyaviy quroliga aylantirmay, asl holiga qaytarishga — insoniyatning madadkoriga aylantirishga harakat qilgan. Eng yaxshi asarlarida murakkab ahloqiy va tarixiy masalalarni („Stalin vorislari“, „Babiy Yar“ sheʼrlari), xalqaro siyosatga daxldor muammolarni oʻrtaga tashlaydi, ijodida fuqarolik ruhi ustuvor mavqega ega. „Uchinchi qor“ (1955), „Tashabbuskor- lar koʻchasi“ (1956), „Nazokat“ (1962), „Bratsk GESi“ (1965), „Aloqa qayigʻi“ (1966), „Oppoq qor yogʻyapti“ (1969), „Qozon dorilfununi“ (1970), „Ishqiy lirika“ (1973), „Ertalabki xalq“ (1978), „Fuku“ (1985) kabi toʻplamlari va dostonlari nashr etilgan. „Mevali joylar“ (1981) romani ahloqiy mavzuda. „Isteʼdod — betakror moʻjiza“ (1983) makolalar toʻplami adabiyotshunoslik masalalari toʻgʻrisida. „Bolalar bogʻchasi“ (1984), „Stalinning dafn etilishi“ (1990) filmlari muallifi. Yevtushenkoning „Oq qorlar“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr kilingan (1982).
- 18-iyulda tugʻilganlar
- 1932-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha shoirlar
- Rossiyalik shoirlar
- 2017-yilda vafot etganlar
- Sovet yozuvchilari
- Rossiyada tugʻilganlar
- SSSRda tugʻilganlar
- Rossiya kishilari
- Rossiyada vafot etganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar