Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Xuroson arablari — Abbosiylar sulolasi davrida (750—1258-yillar) Eronning Xuroson hududiga koʻchib kelgan arablarning avlodlari. Ular arab bosqinlari davrida ko

Xuroson arablari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xuroson arablari
عرب‌های خراسان
عرب خراسان
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Jami: 500 000 (2024)
Janubiy Xuroson
Razaviy Xuroson
Til Fors, Arab (Xuroson arabchasi)
Dini Shialik, kamchilik Sunniylik

Xuroson arablariAbbosiylar sulolasi davrida (750—1258-yillar) Eronning Xuroson hududiga koʻchib kelgan arablarning avlodlari. Ular arab bosqinlari davrida koʻchib kelgan eronlik arablardan kelib chiqqan. Eronning janubi-gʻarbiy qismidagi Xuziston viloyati arablari hududdagi qadimgi aholining bevosita avlodlari boʻlsa, Xuroson arablari arab muhojirlarining avlodlaridir. 2013-yilda nufuzli Eron va Kavkaz ilmiy jurnalida chop etilgan maqolaga koʻra, taxminan 50 000 nafarni tashkil etuvchi Xuroson arablari allaqachon „deyarli toʻliq forslashgan“.

Xuroson arablarining aksariyati Shayboniy, Zangoiy, Mishmast, Xozaima va Azdiy qabilalariga mansub. Xuroson arablari fors tilida soʻzlashuvchilar boʻlib, faqat bir nechtasigi ona tili boʻlgan Xuroson arab tilida soʻzlashadi. Birjand, Mashhad va Nishopur shaharlarida Xuroson arablarining yirik guruhlari yashaydi. Ibn al-Asirning ma’lumotlariga koʻra, Abbosiylar Eron Xurosoni, hozirgi Shimoliy Afgʻoniston va Janubiy Turkmaniston hududlariga 50 mingga yaqin arab oilasini koʻchirgan, biroq bu raqam shubhasiz boʻrttirib koʻrsatilgan.

Adabiyotlar

  • Persian and German Wikipedia
  • Linguistic Convergence and Areal Diffusion: Case Studies from Iranian. By Éva Ágnes Csató, Bo Isaksson, Carina Jahani. Page 162.
  • Khorasani Arabic (Wayback Machine saytida 2016-09-05 sanasida )
Yuqori