Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Xromtov tumani — Oqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,9 ming km2. Tuman 1935-yilda tashkil topgan. Aholisi 41 334 (2013); kish

Xromtov (tuman)

Xromtov tumani
qoz. Хромтау ауданы
tuman
Tarkibida Oqtoʻbe viloyati
Maʼmuriy markazi Xromtov
Asos solingan sanasi 1935-yil
Akim Oʻralmagʻambetov Jetkergen Tileulesuli
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 41,334
Zichligi 3,2 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 12,900 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71336
Pochta indeksi 031100-031120
Avtomobil raqami kodi D, 04
Rasmiy sayti http://hromtau.aktobe.gov.kz/
Xaritada
Xromtov tumani xaritada
50°15′28″N 58°26′8″E / 50.25778°N 58.43556°E / 50.25778; 58.43556

Xromtov tumani — Oqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,9 ming km2. Tuman 1935-yilda tashkil topgan. Aholisi 41 334 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Xromtov shahri.

Iqlimi

Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –16 — 18 °C ayrim vaqtlarda −44 °C gacha sovub ketadi. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 21 — 23 °C. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 — 300 mm.

Aholi punktlari

Oqjor (Novorossiyskoe), Boʻgetsoy, Koʻktov, Qoʻpa, Oqquduq (Kredikovka), Qudiqsoy, Qizilsuv, Maytoʻbe, Molodejnoye, Nikeltov, Oʻysilqora, Prostornoe, Sorisoy, Susanovka, Suxinovka, Tabantol, Tasoʻtkel, Troitskoe, Xromtov.

Ijtimoiy soha

Tumanda 38 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, kutubxonalar, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida kasalxona, 29 feld.-akusherlik punkt, „Mugʻaljar“ xordiq maskani aholi uchun xizmatda.

Yuqori