Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Wei Shihao (talaffuzi: Vey Shihao) (1995-yil 8-aprelda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ klubida c

Wei Shihao

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Wei Shihao
韦世豪
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wei Shihao
Tavallud sanasi 1995-yil 8-aprel (1995-04-08) (31 yosh)
Tavallud joyi Bengbu, Anhui, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guangzhou Evergrande
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2013 Shandong Luneng
2013—2014 Boavista
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Boavista 4 (0)
2015 Feirense 1 (0)
2015—2017 Leixões 18 (1)
2017 → Shanghai SIPG (Ijara) 14 (3)
2018 Beijing Guoan 18 (2)
2019 Guangzhou Evergrande 51 (25)
Milliy terma jamoa‡
2011—2013 Xitoy U-17 15 (7)
2013—2014 Xitoy U-20 12 (5)
2015—2018 Xitoy U-23 23 (8)
2017 Xitoy 19 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 29-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 1-fevral uchun)

Wei Shihao (talaffuzi: Vey Shihao) (1995-yil 8-aprelda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Wei Shihao futbolchilik faoliyatini 2005-yilda Shandong Luneng yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U yuqori potentsialli oʻyinchi sifatida koʻrilgan va Bleacher Reportning „Har bir katta klubning kuzatuvida boʻlishi kerak boʻlgan sakkizta oʻsmir“ nomli maqolasida qayd etilgan.

2013-yil sentabrida Wei „Shandong“ bilan professional shartnoma imzolashdan bosh tortgan va Segunda Divisaoning „Boavista“ yoshlar akademiyasiga erkin agent sifatida oʻtgan. U 2014-yilning iyun oyida klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan va keyin asosiy jamoaga koʻtarilgan, uning Primeirada ishtirok etish uchun arizasi ijobiy javob olgan. 2014-yil 14-sentabrda Wei klub uchun debyutini „Academica de Coimbra“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 50-daqiqada Christian Pouga oʻrniga maydonga tushgan.

2015-yilning 15-iyulida Wei Segunda Liga vakili Feyrensega oʻtgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 30-avgustida „Sporting Covilha“ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. 2015-yil 31-dekabrda Wei ikkinchi divizion jamoasi Leyxoesga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2016-yilning 27-yanvarida Tasa da Liganing 2015-16-yilgi mavsumida Belenensesga qarshi o‘yinda (4:0) o‘tkazgan. 2017-yilning 25-fevralida Wei klub bilan shartnomasini 2018-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirgan. 2017-yilgi mavsum uchun Xitoy Superligasi vakili „Shanghai SIPG“ga ijaraga berilgan. U 2017-yil 7-aprel kuni „Shandong Luneng“ga qarshi o‘yinda (2:1) debyut qilgan va klub uchun birinchi golini kiritgan.

2018-yil 7-yanvarda Wei yuqori divizion vakili Beijing Guoanga oʻtgan. 2019-yilning 2-fevralida Wei "Guangzhou Evergrand" jamoasiga o‘tgan.

Xalqaro faoliyati

Wei Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2017-yilning 9-dekabr kuni EAFF E-1 futbol chempionatida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda (2:2) o‘tkazgan va xalqaro miqyosdagi ilk golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Boavista 2014—2015 Primyera Liga 4 0 0 0 3 0 - 7 0
Feirense 2015—2016 LigaPro 1 0 0 0 0 0 - 1 0
Leixões 3 0 0 0 1 0 - 4 0
2016—2017 15 1 4 1 2 0 - 21 2
Jami 18 1 4 1 3 0 0 0 25 2
Shanghai SIPG (Ijara) 2017 Xitoy Super Ligasi 14 3 6 1 - 1 0 21 4
Beijing Guoan 2018 18 2 4 2 - - 22 4
Guangzhou Evergrande 2019 25 11 3 3 - 9 1 37 15
2020 10 8 0 0 - 4 1 14 9
2021 16 6 0 0 - 0 0 16 6
Jami 51 25 3 3 0 0 13 2 67 30
Karyerada jami 106 31 17 7 6 0 14 2 143 40

Xalqaro statistika

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2017 3 2
2018 5 0
2019 6 0
2020 0 0
2021 3 0
2022 2 0
Jami 19 2

Xalqaro maydondagi gollar

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 9.12.2017 Ajinomoto stadioni, Tokio, Yaponiya  Janubiy Koreya 1 — 0 2-2 2017-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati
2. 16.12.2017 Ajinomoto stadioni, Tokio, Yaponiya  Shimoliy Koreya 1 — 0 1-1 2017-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati

Yutuqlar

Klub

Beijing Guoan

  • Xitoy FA kubogi : 2018

Guangzhou Evergrand

  • Xitoy Superligasi : 2019
Yuqori