Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kevin Dennis Kurányi Rodríguez (olmoncha: Kevin Dennis Kurányi Rodríguez ; 1982-yil 2-mart, Rio-de-Janeyro, Braziliya) – kelib chiqishi panamalik boʻlgan nemis

Kevin Kuranyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kevin Kurányi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kevin Dennis Kuranyi Rodriges
Tavallud sanasi 1982-yil 2-mart (1982-03-02) (44 yosh)
Tavallud joyi Rio-de-Janeyro, Braziliya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—1993 Serrano
1993—1994 Las Promesas Panama
1994—1996 Serrano
1996—1997 Las Promesas Panama
1997—2001 VfB Stuttgart
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2002 VfB Stuttgart II 33 (10)
2001—2005 VfB Stuttgart 99 (40)
2005—2010 Schalke 04 162 (71)
2010—2015 Dinamo Moskva 123 (50)
2015—2016 1899 Hoffenheim 14 (0)
Total 431 (171)
Milliy terma jamoa
2001 Germaniya U20 5 (2)
2002—2003 Germaniya U21 6 (2)
2002 Germaniya jamoasi 2006 1 (1)
2003—2008 Germaniya 52 (19)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kevin Dennis Kurányi Rodríguez (olmoncha: Kevin Dennis Kurányi Rodríguez ; 1982-yil 2-mart, Rio-de-Janeyro, Braziliya) – kelib chiqishi panamalik boʻlgan nemis sobiq professional futbolchisi. Kevin hujumchi pozitsiyasda oʻynagan. Kuranyi toʻp uchun raqib jarima maydonida havodagi kurashda kuchli ustunligi va gol urish mahoratiga ega edi. 2003-yildan 2008-yilgacha Kuranyi Germaniya milliy terma jamoasi tarkibida 52 ta oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻlgan. U ikkita UEFA Yevropa chempionati va bitta FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Klublar darajasida Kuranyi Germaniyadagi „VfB Stuttgart“, „Schalke 04“ va „Xoffenxaym“ hamda Rossiyadagi „Dinamo Moskva“ jamoalarida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati

Dinamo Moskva

2010-yil mavsumi

Kevin Kuranyi „Dinamo“da

2010-yilda „Schalke 04“ hujumchisi Kevin Kuranyi oʻzining rasmiy saytida yozda Moskvaning „Dinamo“ klubi futbolchisiga aylanishini tasdiqlagan edi. Kuranyi Moskva klubi taklifini qabul qilishdan oldin hammasini yaxshilab oʻylab koʻrganini aytdi. Moskvaning „Dinamo“ klubi bilan tuzilgan shartnoma 2010-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan. 31-iyul kuni Kuranyi „Dinamo“ klubi safida „Krilya Sovetov“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda Kuranyi „oq-koʻklar“ uchun birinchi golini urdi, ammo „Dinamo“ klubi gʻalaba qozona olmadi va oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

2010-yilgi mavsum yakunida Kevin „Dinamo“ klubining muxlislari tomonidan jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi (atigi 16 oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan).

2011/2012-yilgi mavsum

Keyingi mavsumda Kuranyi birinchi turda gol urdi, ammo bu uning jamoasini magʻlubiyatdan qutqara olmadi. Shundan soʻng Kevin 11 oʻyin davomida gol ura olmadi va omadsiz seriyasiga faqat 14-turning „Tom“ klubi bilan boʻlgan oʻyinida (3:0) barham berdi. Keyingi turlarda Kuranyi yana oʻzining toʻpurarlik xususiyatlarini namoyish eta boshladi va chempionatning ikkinchi davrasi yakuniga yetganidan keyin uning hisobida 10 ta gol bor edi.

2011-yilning 17-noyabrida Kuranyi „Dinamo“ klubi bilan shartnomasini 2015-yilning yoziga qadar uzaytirdi.

2012/2013-yilgi mavsum

Mavsum boshlanishidan oldin Kevin „Dinamo“ klubining yangi sardori etib tayinlandi.

2013/2014-yilgi mavsum

Kuranyi jarohati tufayli 2013/14-yilgi mavsum startini oʻtkazib yubordi. Jarohatdan keyingi birinchi oʻyinda u „Rubin“ klubiga qarshi oʻyinda 15 daqiqa maydonga tushdi va qizil kartochka oldi, keyin yana bir oyga safdan chiqdi. Kech kuzda va erta bahorda u „Amkar“ klubi bilan oʻyinda dubl qayd etdi, CSKA va „Kuban“ bilan uchrashuvlarda gol, „Tom“ klubi bilan oʻyinda gʻalaba golini kiritdi, „Zenit“ klubi darvozasini ishgʻol qildi.

2014/2015-yilgi mavsum

2014/15-yilgi mavsumda hujumchi 24 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan. 2015-yilning aprel oyida oʻzining rasmiy saytida u kelasi yozda „Dinamo“ klubini tark etishini eʼlon qildi.

"Kutish uzoq davom etdi, ammo endi sizga juda muhim narsani aytish vaqti keldi: „Dinamo“ klubi bilan shartnomamni uzaytirmaslikka qaror qildim", - deb yozdi Kuranyi rasmiy blogida. - Moskvadagi ajoyib va juda qiziqarli besh yildan soʻng yozda klubim bilan xayrlashaman. Bu qadam men uchun oson boʻlmadi. Chunki bu klub, uning xodimlari, hamkasblari, bu shahar va yurt mening qalbimga juda qadrdon boʻlib qolgan. Bu besh yil oʻzgacha boʻldi. Men nafaqat bu yerda orttirgan tajribamdan, balki koʻplab qiziqarli uchrashuvlar va yangi doʻstlarimdan ham minnatdorman.

2015/2016-yilgi mavsum

2015-yilning yozida Kevin Kuranyi „Xoffenxaym“ klubi safiga shaxsiy sharoitdan kelib chiqib erkin agent sifatida qoʻshildi.

2017-yil 24-mart kuni Kuranyi nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi: „Oxir-oqibat, vaqt keldi. Men allaqachon 35 yoshdaman va vaqtimni boshqa narsalarga bagʻishlamoqchiman“.

Terma jamoa faoliyati

Kuranyi 2003-yil 29-mart kuni Germaniya terma jamoasi safida 2004-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirida Litvaga qarshi birinchi oʻyinini oʻtkazdi.

2003-yil 11-oktyabrda terma jamoa safidagi oltinchi oʻyinda hujumchi Islandiya darvozasiga (3:0) bahsdagi oxirgi golni urib, Germaniya terma jamoasining Yevro-2004 turnirida ishtirok etishini rasmiylashtirgan holda oʻzining debyut golini nishonladi.

Kevin terma jamoa safida Yevro-2004 final bosqichida va 2005-yilgi Konfederatsiyalar kubogida toʻp surgan, biroq 2006-yilgi Germaniya mezbonligidagi Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilmagan.

2008-yil 11-oktyabrda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov oʻyinchini Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibga kiritmaganidan soʻng, Kuranyi ruxsatsiz uyiga ketdi. Shundan keyin Lyov Kuranyini terma jamoa safiga boshqa chaqirmasligini maʼlum qildi.

Statistika

Klub

Klublardagi ishtiroki
Klub Mavsum Liga Kubok Yevrokuboklar Jami
Oʻyinlari Gollari Oʻyinlari Gollari Oʻyinlari Gollari Oʻyinlari Gollari
Xoffenxaym 2015/16 14 0 1 0 — — 15 0
Jami 14 0 1 0 0 0 15 0
Dinamo (Moskva) 2014/15 24 10 1 0 14 5 39 15
2013/14 15 8 0 0 — — 15 8
2012/13 27 10 3 1 4 0 33 11
2011/12 41 13 6 0 — — 47 13
2010 16 9 0 0 — — 16 9
Jami 123 50 10 1 18 5 151 56
Shalke 04 2009/10 30 18 12 2 — — 37 20
2008/09 38 13 4 2 7 1 44 16
2007/08 32 15 4 2 8 3 44 20
2006/07 34 15 2 2 2 0 38 17
2005/06 30 10 4 1 12 3 46 14
Jami 162 71 18 9 29 7 209 87
Shtutgart 2004/05 29 13 4 2 5 3 38 18
2003/04 33 11 3 1 8 3 44 15
2002/03 35 22 2 2 8 4 42 28
2001/02 5 1 1 1 — — 6 2
Jami 99 40 10 6 23 10 132 56
Umumiy 398 161 39 16 70 22 487 199

Yutuqlari

VfB Shtutgart

  • UEFA Intertoto kubogi: 2002

Shalke 04

  • DFL-Ligapokal: 2005-yil

Germaniya

  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi uchinchi oʻrin: 2005-yil
  • UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi sovrindori: 2008-yil

Shaxsiy sovrinlari

  • kicker Bundesliganing mavsumdagi jamoasi: 2006-07, 2009-10
Yuqori