| Toʻlepbergen Qayipbergenov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 7-may 1929-yil Kegeyli |
| Vafoti | 14-sentyabr 2010-yil (81 yoshda) Taxtakoʻpir |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
| Mukofotlari | |
Toʻlepbergen Qayipbergenov (qoraqalpoqcha: Tólepbergen Qayıpbergenov; 1929-yil 7-may, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 2010-yil 14-sentyabr) — Oʻzbekiston (1993) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974), Oʻzbekiston Qahramoni (2003).
Hayoti
Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). 1955-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagach, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi „Amudaryo“ adabiy-badiiy jurnalida adabiy xodim bo‘lib ishlagan (1955-1957). Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1957-1958), Qoraqalpogʻiston teleradiokomitetida katta muharrir, rais oʻrinbosari (1958-1959), „Jas leninshi“ gazetasining bosh muharriri (1959-1960), „Qoraqalpogʻiston“ nashriyoti direktori, „Sovet Qoraqalpogʻistoni“ gazetasining bosh muharriri (1962-1972), Qoraqalpogʻiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshligʻi (1972-yildan), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari (1980-yildan) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
- 1955—1957-yillar — „Amudaryo“ jurnali xodimi.
- 1955—1957-yillar — Qoraqalpoq radiosi muharriri.
- 1957—1958-yillar — Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar jamiyati mas’ul kotibi.
- 1958—1959-yillar — Qoraqalpog‘iston radiosi direktori o‘rinbosari.
- 1959-1960-yillar — „Jas Leninshi“ gazetasi muharriri.
- 1960-1962-yillar — Qoraqalpoq davlat nashriyoti direktori.
- 1964-1967-yillar — Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Televideniye va radioeshittirish davlat qo‘mitasi muharriri.
- 1967—1980-yillar — Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Soveti huzuridagi poligrafiya va kitob savdosi davlat qo‘mitasi raisi.
1980-yilda qurultoyda muqobillik asosida koʻpchilik ovoz bilan Ibrohim Yusupov oʻrniga Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisligiga saylandi va umrining oxirigacha shu rahbarlik qildi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari va SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruv organlariga saylandi. Bundan tashqari,
- 1982-yilda T.Qaipbergenov tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda birinchi marta SSSR respublikalarining adabiyot kunlari o‘tkazildi.
- 1987-yilda Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan, bir vaqtning oʻzida Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan.
- 1995-yildan — Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi jamgʻarmasi boshqaruvi raisi etib saylangan.
1989—1991-yillarda — SSSR xalq deputati, SSSR Oliy Kengashining Millatlar kengashi aʼzosi.
Ijodi
Dastlabki qissasi — „Sekretar“ (1956), „Rahmat, muallim“ (1958), „Sovuq tomchi“ (1964), „Uyqusiz tunlar“ (1965) qissalarining, „Soʻnggi tomchi“ (1960), „Qoraqalpoq qizi“ (1 — 2-kitoblar, 1963-1965), „Qoraqalpoq dostoni“ trilogiyasini tashkil etgan „Mamanbiy afsonasi“, „Qoraqalpoqnoma“ roman-essesi (1978), „U dunyoga bobomga xatlar“ (1982) asarlari chop etilgan. „Qoraqalpoqman — tavakkalchiman“ (2003) asari, shuningdek, „Familiya“ pyesasi, „Berdaq“ („Sahro bulbuli“), „Aydos bobo“ dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining XVII—XVIII asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning oʻzaro qardoshligi haqida yozilgan.
Mukofotlari
1967-yil Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti;
1971-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati;
1974-yil Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi;
1979-yil „Hurmat belgisi“ ordeni
1993-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi;
1994-yil "Do‘stlik" ordeni.
1995-yil “Qoraqalpoqnoma” romani uchun Mahmud Qashg‘ariy nomidagi xalqaro mukofot laureati;
2004-yil „U dunyodagi otamga xatlar“ kitobi uchun Mixail Sholoxov nomidagi xalqaro mukofot laureati;
2003-yil Oʻzbekiston Qahramoni nomiga sazovar boʻlgan.
„Shuhrat“ medali, „Doʻstlik“ va “El-yurt Xurmati” ordenlari bilan taqdirlangan. „Qoraqalpoq dostoni“ trilogiyasi uchun SSSR Davlat mukofoti (1986) („Maman biy qissasi“, „Baxtsizlar“, „Gumrohlar“).
Naberejnye Chelniy (Rossiya), Qizil-O‘rda (Qozog‘iston) shaharlarining faxriy fuqarosi. U bir necha bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar Kengashi deputati etib saylangan.
Adabiyot
- Shermuxamedov P., Mir pisatelya, yego knigi, yego narod, Nukus, 1982.
- Mamanbiy afsonasi [Roman], T., 1974; Baxtsizlar [Roman], T., 1976; Gumroxlar [Roman], T., 1978.
- 7-mayda tugʻilganlar
- 1929-yilda tugʻilganlar
- Kegeylida tugʻilganlar
- 14-sentyabrda vafot etganlar
- 2010-yilda vafot etganlar
- Taxtakoʻpirda vafot etganlar
- Oʻzbekiston qahramonlari
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Qoraqalpogʻistonlik yozuvchilar
- Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari
- 14-sentabrda vafot etganlar
- Qoraqalpoq davlat universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari
- Sovet yozuvchilari
- SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari
