| Tokugava Hidetada | |
|---|---|
徳川 秀忠 | |
| | |
| Syogun | |
| Mansab davri 1605 – 1623 | |
| Monarx | Go-Yozei Go-Mizunoo |
| Oʻtmishdoshi | Tokugava Ieyasu |
| Vorisi | Tokugava Iemitsu |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Chomaru 1581-yil 2-may |
| Vafoti | 1632-yil 14-mart (50 yoshda) |
| Millati | yapon |
| Turmush oʻrtogʻi | O-hime Oeyo |
| Bolalari |
va boshqalar... |
| Onasi | Saigo-no-Tsubone |
| Otasi | Tokugava Ieyasu |
| Dafn etilgan joyi | Taitoku-in mavzoleyi |
| Imzosi | |
| Mansubligi | |
| Unvoni | Taitoku-in-den Koren-dzya Tokuyo Nyusai Daikodzi (yaponcha: 台徳院殿興蓮社徳誉入西大居士) |
Tokugava Hidetada (yaponcha: 徳川 秀忠, 1581-yil 2-may – 1632-yil 14-mart) Tokugava sulolasini 1605-yildan 1623-yilgacha boshqargan 2-syogun. Tokugava syogulignining birinchi syoguni Tokugava Ieyasuning uchinchi oʻgʻli.
Yoshligi (1579—1593)
Tokugava Hidetada 1581-yil 2-mayda Tokugava Ieyasu va Saigo xonim oilasida tugʻilgan. Uning tugʻilishi Ieyasuning rasmiy rafiqasi Tsukiyama xonim va oʻgʻli Tokugava Nobuyasuning oʻz qaynotasi Oda Nobunagaga suiqasd uyushtirishda gumon qilinib, qatl etilishidan biroz oldin sodir boʻldi. Xotini va oʻgʻlini oʻldirib, Ieyasu Nobunaga sodiqligini eʼlon qildi. 1589-yilda Hidetadaning onasi kasal boʻlib qoldi, uning sogʻligʻi tezda yomonlashdi va Sunpu qal’asida vafot etdi. Keyinchalik Hidetada akasi Matsudaira Tadayosi bilan Ieyasuning kanizaklaridan biri Achaa xonim tomonidan tarbiyalangan. Uning bolalikdagi ismi Chomaru (yaponcha: 長丸) boʻlib, keyinchalik Takechiyo (yaponcha: 竹千代) ga ham oʻzgargan.
Tokugava urugʻining anʼanaviy kuch manbasi Mikava edi. 1590-yilda Yaponiyaning yangi hukmdori Toyotomi Hideyosi Tokugava Ieyasu va boshqalarni Odavarani qamal qilish (1590) deb nomlanuvchi Hodzo domeniga hujum qilish uchun jalb qildi. Hideyosi Ieyasu nazorati ostidagi beshta provinsiyani sakkizta Kanto provinsiyalariga, jumladan Edo shahriga almashtirishga vaʼda berib, Ieyasuni ushbu kampaniyaga jalb qildi. Ieyasu Hodzo tomoniga oʻtib ketmasligi uchun (chunki Hodzo va Tokugava ilgari doʻstona munosabatda boʻlishgan) Hideyosi oʻn bir yoshli Hidetadani garovga oldi. 1592-yilda Hideyosi Hidetadaning voyaga yetish marosimiga raislik qildi; oʻshanda Ieyasuning oʻgʻli bolaligidagi Takechiyo ismini tashlab, Hidetada ismini oldi. U Tokugava oilasining merosxoʻri, Ieyasuning tirik qolgan toʻngʻich oʻgʻli va uning sevimlisi deb atalgan (chunki Ieyasuning toʻngʻich oʻgʻli ilgari qatl etilgan va ikkinchi oʻgʻlini Hideyosi esa goʻdakligida asrab olingan edi). 1593-yilda Hidetada otasi tomoniga qaytadi.
1590-yilda Hidetada Oda Nobukatsuning qizi va Toyotomi Hideyosining asrab olingan qizi O-Himega (1585—1591) turmushga chiqdi. O-Hime 1591+yilda vafot etdi va unga vafotidan keyin buddizmcha Sunsoin nomi berildi. 1595-yilda Hidetada Azai Nagamasaning qizi va Toyotomi Hideyosining tutingan qizi Oeyoga turmushga chiqdi. Ularning toʻyi Fusimi qasrida boʻlib oʻtdi.
Harbiy yutuqlar (1593—1605)
1595-yilda Hidetada Oda urugʻidan Oeyoga turmushga chiqdi va ularning Tokugava Iemitsu va Tokugava Tadanaga ismli ikki oʻgʻli boʻlgan. Ularning bir nechta qizlari ham bor edi, ulardan biri ikki marta turmushga chiqqan Senhime edi. Boshqa qizi Kazuko hime esa imperator Go-Mizunuga turmushga chiqqan (Fudzivara urugʻidan).
Hideyosi oʻgʻli Toyotomi Hideyori voyaga yetgunga qadar oʻlishini bilib, oʻgʻlining oʻrniga hukmronlik qilish uchun besh nomzod (vaqtinchalik vazifa bajarish uchun) ni tanlaydi, ulardan biri Hidetadaning otasi Ieyasu edi. Hideyosi nomzodlar oʻrtasidagi keskin raqobat ulardan biron birining hokimiyatni egallashiga toʻsqinlik qiladi, deb umid qiladi. Ammo 1598-yilda Hideyosi vafot etganidan va Hideyori nominal hukmdorga aylanganidan soʻng, nomzodlar abadiy sodiqlik vaʼdalarini unutib, tez orada xalqni nazorat qilish uchun kurasha boshladilar. Tokugava Ieyasu besh nomzodning eng kuchlilaridan biri edi va oʻz atrofida Sharqiy fraksiyani yigʻa boshlaydi. Gʻarb fraksiyasi esa Ishida Mitsunari atrofida toʻplanadi. Ikki guruh 1600-yilda Sekigahara jangida toʻqnash kelishadi. Ieyasu ishonchli gʻalaba qozonadi, bu esa Tokugava hukmronligiga zamin yaratdi.
Hidetada otasining 16 000 kishisini Sinanoda Gʻarbga qarashli Uesugi urugʻini oʻz ichiga olgan kampaniyasida boshqargan. Keyin Ieyasu Hidetadaga Gʻarb fraksiyasiga qarshi hal qiluvchi jangni kutib, Sekigaharaga yurishni buyurdi. Ammo Sanada urugʻi Hidetadaning kuchini toʻsishga muvaffaq boʻldi, shuning uchun u otasining tor, ammo hal qiluvchi gʻalabasiga yordam berish uchun juda kech keldi. Shundan soʻng Hidetada va Ieyasu munosabatlari hech qachon tiklanmadi. 1601-yil 3-dekabrda Hidetada va kiotolik rafiqasi Onatsuning birinchi oʻgʻli Chōmaru (yaponcha: 長丸) dunyoga keldi. 1602-yil sentyabrda Chomaru kasal boʻlib vafot etdi; dafn marosimi Sibe shahridagi Zodzo-dzi ibodatxonasida boʻlib oʻtdi.
1603-yilda imperator Go-Yozei Ieyasuga syogun unvonini beradi. Shunday qilib, Hidetada syogunlikning egasi boʻldi.
Syogun sifatida (1605—1623)
Oʻzidan oldingi hukmdorning xatosiga yoʻl qoʻymaslik uchun, Ieyasu 1605-yilda Hidetada foydasiga taxtdan voz kechib, sulolaviy modelni oʻrnatdi. Ieyasu 1616-yilda vafotigacha muhim hokimiyatni saqlab qoldi; ammo Hidetada shunga qaramay bakufu byurokratiyasining rasmiy rahbari rolini oʻz zimmasiga oldi.
1612-yilda Hidetada Ieyasuning eng sevimli nabirasi Sen va onasi bilan Osaka qal’asida oddiy odam boʻlib yashagan Toyotomi Hideyori oʻrtasida nikoh tuzdi. Bu Hideyorining fitnalarini bosa olmagach, ogoso Ieyasu va syogun Hidetada Osakaga qoʻshin olib kelishdi.
1614-1615 yillarda Osaka qamalida ota va oʻgʻil yana bir bor Osakadagi itoatsiz Toyotomi kuchlariga qarshi kampaniyani qanday oʻtkazish toʻgʻrisida kelisha olmadilar. Keyingi qamalda Hideyori va onasi oʻz joniga qasd qilishga majbur boʻldi. Hatto Hideyorining kanizak bilan boʻlgan goʻdak oʻgʻli (Kunimatsu) ham ayamadi. Faqat Sen saqlab qolindi; keyin u yana turmushga chiqdi va yangi oilaga ega boʻldi.
1616-yilda Ieyasu vafotidan keyin Hidetada bakufu ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oldi. U imperator saroyi bilan munosabatlarni yaxshilash orqali Tokugava hokimiyatini mustahkamladi. Shu maqsadda u qizi Kazukoni imperator Go-Mizunuga uylantirdi. Oʻsha nikohning mahsuli boʻlgan qiz Meiso oxir-oqibat Yaponiya taxtiga oʻtirdi va imperator boʻldi. Edo shahri ham uning hukmronligi davrida juda rivojlangan.
Knyazlik kodeksi
Feodallik haqida "Knyazlik kodeksi" ("Buke shoxatto", 1615-yil) qabul qilindi, unga koʻra hatto qal'aning ta'mirlanishi toʻgʻrisida ham rasmiylarga xabar berish kerak edi. Feodal tuzum hayotning barcha jabhalariga tegishli qat'iy qoidalar mavjud edi, masalan: "Knyazlar qobiliyatli va munosib odamlarni oʻz knyazliklarida rahbarlik lavozimlariga tayinlashlari kerak. Notoʻgʻri xatti-harakatlar uchun jazolar va har bir qilingan namunali ish uchun mukofotlarni toʻgʻri taqsimlash lozim. Agar knyazlikda qobiliyatli odamlar boʻlsa, u rivojlanadi, agar yoʻq boʻlsa, u knyazlikdan haydalishi kerak" Yuqoridagilarga qat'iy rioya qilish joiz boʻlgan. Xuddi shunday qat'iy qoidalar impyerator saroyi uchun ham tuzilgan.
Ogoso (1623—1632)

Genna 9-da (1623) Hidetada hukumatni toʻngʻich oʻgʻli va merosxoʻri Tokugava Iemitsuga topshirdi. Undan oldingi otasi singari, Hidetada ogoso yoki nafaqaga chiqqan syogun boʻladi va samarali hokimiyatni saqlab qoldi. Ieyasu faqat xristianlarga qarshi keskin choralarni qoʻlladi: nasroniy kitoblarini taqiqladi, nasroniy daimyolarni oʻz joniga qasd qilishga majbur qildi, boshqa nasroniylarni oʻlim jazosi ostida murtad boʻlishni buyurdi; nasroniylikdan voz kechishni yoki yashirinishni istamagan ellik besh nasroniyni (yapon va chet ellik) 1628-yilda Nagasakida oʻz farzandlari bilan birga yoqib yubordi.
Ogosho Hidetada 1-oyning 24-kunida (1632-yil 14-mart) Kanʼei 9-da vafot etdi.. Uning oʻlimidan keyin buddistcha nomi Daitoku-in (yaponcha: 台徳院). Uning kuli Edodagi Taitoku-in maqbarasiga tantanali ravishda qoʻyildi.

Unvonlar
- Birinchi katta daraja (1632-yil 30-mart; vafotidan keyin)
Davrlar
Hidetada syogun boʻlgan yillar aniqroq bir necha davr nomi yoki nengo bilan belgilanadi.
- Keicho (1596—1615)
- Genna (1615—1624)
Oilasi
Ota-onasi
| Holat | Tasvir | Ism | Vafotidan keyingi ism | Tugʻilish | Oʻlim | Ota-onalar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Ota | Tokugava Ieyasu | Hogo Onkokuin | 1543-yil 31-yanvar | 1616-yil 1-iyun | Matsudaira Hirotada Odai-no-Kata | |
| Ona | Saygo-no-Tsubone | Hodaiin | 1552 | 1589-yil 1-iyul | Tozuka Tadaharu Saigo Masakatsu qizi |
Birodarlar (ona tomoni)
| Ism | Oʻlimdan keyingi ismi | Tugʻilish | Oʻlim | Ota | Nikoh | Farzand |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Saigo Katsutada | 1570-yil | Saigo Yosikatsu | ||||
| Toku-hime | Saigo Yosikatsu |
Rafiqalari
| Holat | Rasm | Ism | Oʻlimdan keyingi ismi | Tugʻilish | Oʻlim | Ota-onalar | Farzand |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Birinchi xotini (uylanishdan oldin vafot etgan) | O-Hime | Kantoin | 1585-yil | 1591-yil 27-avgust | Uda-Matsuyama domenidan Oda Nobukatsu Chiyo-Gozen (Kitabatake Tomonori qizi) | ||
| Ikkinchi Xotin | Oeyo | Sugenʼin | 1573-yil avgust | 1626-yil 15-sentyabr | Azai Nagamasa Oichi | Senhime Toyotomi Hideyoriga keyinroq Himedzi domenidan Honda Tadatokiga turmushga chiqqan Tamahime (1599—1622) Kaga domenidan Maeda Toshitsunega turmushga chiqqan. Katsuxime (1601—1672) Fukui domenidan Matsudaira Tadanaoga turmushg chiqqan. Hatsuhime (1602—1630) Matsue domenidan Kyogoku Tadatakaga turmushga chiqqan. Tokugava Iemitsu, 3-syogun Sunpu domenidan Tokugava Tadanaga turmushga chiqqan Kazuhime imperator Go- Mizunuga turmushga chiqqan | |
Bolalari
| Rasm | Ism | Oʻlimdan keyingi ism | Tugʻilish | Oʻlim | Ona | Turmush oʻrtogʻi | Farzand |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Senhime | Tendzuin | 1597-yil 26-may | 1666-yil 11-mart | Oeyo | Birinchisi: Toyotomi Hideyori Ikkinchisi: Himedzi domenidagi Honda Tadatoki | Ikkinchidan: Katsuhime (1618—1678) Okayama domenidan Ikeda Mitsumasaga turmushga chiqqan. Kochiyo (1619—1621) | |
| Tamahime | Tentoku-in | 1599-yil 1-avgust | 1622-yil 9-avgust | Oeyo | Kaga domenidan Maeda Tositsune | Kametsuruhime (1613—1630) Mori Tadahiroga (1604—1633) turmushga chiqqan. Kaga domenidan Maeda Mitsutaka Kohime Toyama domenidan Maeda Toshitsugu (1617—1674). aeda Tosixaru (1618—1660) Daishdzodzi domenidan Manime (1620—1700) Hirosima domenidan Mitsuakiraga turmushga chiqqan. Tomixime (1621—1662) imperator shahzodasi Hachidzwo-no-miya Toshitadaga (1619—1662) turmushga chiqqan. Natsuhime (1622—1623) | |
| Katsuhime | Tensuin | 1601-yil 12-iyun | 1672-yil 20-mart | Oeyo | Fukui domenidan Matsudaira Tadanao | Takada domenidan Matsudaira Mitsunaga (1615—1707). Kamehime (1617—1681) imperator shahzodasi Takamatsu-no-miya Yosihitoga (1603—1638) turmushga chiqqan. Tsuruxime (1618—1671) Kujo Michifusaga turmushga chiqqan | |
| Chomaru | Shutokuin | 1601-yil 3-dekabr | 1602-yil sentyabr | xizmatkor | |||
| Xatsuhime | Koan-in | 1602-yil 25-avgust | 1630-yil 16-aprel | Oeyo | Matsue domenidagi Kyogoku Tadataka | ||
| Tokugava Iemitsu, 3-syogun | Daiyuin-dono zosho | 1604-yil 12-avgust | 1651-yil 8-iyun | Oeyo | Takako (1622—1683), Takatsukasa Nobufusaning qizi | Kanizaklar tomonidan: Chiyohime (1637—1699) Ovari domenidan Tokugava Mitsutomoga uylandi. Tokugava Ietsuna, 4-syogun Kamematsu (1643—1647) Kofu domenidagi Tokugava Tsunasige Tokugava Tsunayosi, 5-syogun Tsurumatsu (1647—1648) | |
| Sunpu domenidan Tokugava Tadanaga | Buganʼin-dono zenesosintechigyoundaikodzi | 1606-yil | 1634-yil 5-yanvar | Oeyo | Masako (1614—1690), Obata domenidan Oda Nobuyoshi | ||
| Kazuhime | Tofukumonʼin | 1607-yil 23-noyabr | 1678-yil 2-avgust | Oeyo | Imperator Go-Mizunoo | Imperatoritsa Meiso Ikkinchi malika (1625—1651) Konoe Hisatsuguga turmushga chiqqan Imperator shahzodasi Sukehito (1626—1628) Shahzoda Vaka (1628) Imperatoritsa malika Akiko (1629—1675) Imperatoritsa malikasi Yosiko (1632—1696) Nidzo Mitsuhiraga turmushga chiqqan Malika Kiku (1633—1634) | |
![]() | Aizu domenidan Hosina Masayuki | Hanitsu-reishin | 1611-yil 17-iyun | 1673-yil 4-fevral | Oshizu-no-Kata | Birinchisi: Kunihime (1619-1637; Naito Masanaga {1568-1634) Ivakitayra domenidan Ikkinchisi: Ummon-no-Kata (1620-1691, Fudziki Hiroyukining qizi) | Birinchi muallif: Komatsu (1634—1638) Ikkinchidan: Hosina Masayori (1640—1657) Haruhime Yonezava domenidan Uesugi Tsunakatsuga turmushga chiqqan Nakahime (1643—1649) Sogen (1645) Aizu domenidan Hosina Masatsune (1646—1681). Isihime (1648—1667) Sakura domenidan Inaba Masamichiga turmushga chiqdi Kamehime (1650—1651) Fuhime (1649—1651) Hosina Masazumi (1652—1671) Kanizaklar tomonidan: Kikuhime (1645—1647) Sumahime (1648—1666) Kaga domenidan Maeda Tsunanori bilan turmush qurdi Kinhime (1658—1659) Aizu domenidan Matsudaira Masakata (1669—1731). Sanhime (1673-yilda tugʻilgan) |
Tutingan qizlar
- Toyotomi Sadako (1593—1658) Toyotomi Hidekatsuning qizi Oeyo bilan, keyinchalik Kudzo Yukiiega turmushga chiqqan va 2 oʻgʻli bor edi: Nidzo Yasumichi va Kudzo Michifusa. (Hidekatsu Yaponiyaning Koreyaga bostirib kirishida vafot etgan Oeyoning sobiq eri edi)
- Chiyohime (1597—1649), Ogasavara Hidemasa va Toku-himening qizi (Tokuhime Matsudaira Nobuyasuning qizi edi) va Hosokava Tadatosiga turmushga chiqqan, 1 oʻgʻli bor edi: Kumamoto domenidan Hosokava Mitsunao
- Katsuhime (1618—1678), Senhimening Honda Tadatosi bilan qizi va Ikeda Mitsumasaga turmushga chiqqan, 1 oʻgʻil va 1 qizi bor edi: Ikeda Tsunamasa, Torihime
- Kamehime (1617—1681), Katsuhimening qizi Matsudaira Tadanao bilan va Takamatsu no Miya Yosihito-Sinnoga turmushga chiqqan.
- Kisahime (1598—1656), Yuki Hideyasuning qizi va Mori Hidenari turmushga chiqqan, 1 oʻgʻli bor edi: Chosu domenidan Mori Tsunanori.
- Binhime (1607—1652) Utsunomiya domenidagi Okudaira Iemasaning qizi va Horio Tadaharuga uylandi, 1 qizi bor edi Isikava Kadokatsuga turmushga chiqqan.
- Furuhime (1607—1659), Ikeda Terumasaning Tokuhime bilan qizi (Tokuhime Hidetadaning singlisi edi) va Date Tadamunega turmushga chiqqan, 2 oʻgʻil va 1 qizi bor edi: Torachiyo, Date Mitsumune va Nabehime Tachibana Tadashigega turmushga chiqqan.
- Tsuruxime (vaf. 1672-yil), Sakakibara Yasumasaning qizi va Himedzi domenidan Ikeda Toshitaka bilan turmush qurdi, 1 oʻgʻli bor edi: Ikeda Mitsumasa
- Hisahime (1606—1628) Sekiyado domenidagi Matsudaira Tadayosining qizi va Fukuoka domenidan Kuroda Tadayuki bilan turmush qurgan.
- Takasi-ho-in (1602—1656), Gamo Hideyukining Furihime (Hidetadaning singlisi) bilan qizi va Kumamoto domenidagi Kato Tadahiroga turmushga chiqqan 1 oʻgʻli bor edi: Kato Mitsuhiro
- Okada Mototsuguning qizi va Soma Nakamura domenidan Soma Tositanga turmushga chiqqan.
Shajara
| 8. Matsudaira Kiyoyasu (1511—1535) | ||||||||||||||||
| 4. Matsudaira Hirotada (1526—1549) | ||||||||||||||||
| 9. Aoki | ||||||||||||||||
| 2. Tokugava Ieyasu, Tokugava syogunlining birinchi syoguni (1543—1616) | ||||||||||||||||
| 10. Mizuno Tadamasa (1493—1543) | ||||||||||||||||
| 5. O-dainokata (1528—1602) | ||||||||||||||||
| 11. Keyoin (1492—1560) | ||||||||||||||||
| 1. Tokugava Hidetada, Tokugava syogunligining ikkinchi syoguni | ||||||||||||||||
| 6. Tozuka Tadaharu | ||||||||||||||||
| 3. Saigo xonim (1552—1589) | ||||||||||||||||
| 7. Saigo | ||||||||||||||||
- 1632-yilda vafot etganlar
- 1581-yilda tugʻilganlar
