| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
| Shtat laqabi: Dixie Yuragi | |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Montgomery | ||||
| Eng yirik shaharlar | Birmingham Montgomery Mobile | ||||
| Maydon • Butun | AQSh: 30-oʻrinda 135,765 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) | AQSh: 23-oʻrinda 4,557,808 | ||||
| YIM • YIM | AQSh: 25-oʻrinda $139,840 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana | 22-boʻlib 14-dekabr 1819 | ||||
| Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
| Qisqartma | AK [2] | ||||
| Shtat guli | Camellia (Camellia) | ||||
| Shtat daraxti | Longleaf Pine (Pinus palustris) | ||||
Alabama – AQSH shtati, mamlakatning janubida. Yer yuzasining katta qismi tekislik, shimoliy va shimolisharqida Tennessi daryosi kesib oʻtgan Appalachi togʻlarining tarmoqlari bor. Maydoni – 133,7 ming km². Aholisi – 4,1 mln. kishi (30% negrlar, 1992). Maʼmuriy markazi – Montgomeri shahri. Shahar aholisi 55%. Sanoatining asosiy tarmoqlari – qora metallurgiya va metallsozlik. Toshkoʻmir, temir rudasi, boksit qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, kimyo (Masl-Shols, Xantsvill) va yogʻoch-qogʻoz sanoati (Chayldersberg) rivojlangan. GESlar bor. Tennessi vodiysida – kimyo va boshqa korxonalar, Xantsvillda aviatsiya-raketa hamda portlovchi moddalarning zavodlari bor. Alabamaning asosiy mahsulotlari: broyler joʻjalar (mamlakatda 3-oʻrinda), paxta, tuxum, qoramol boqiladi. Dehqonchilikda makkajoʻxori, yer yongʻoq, xashaki ekinlar ekiladi.
- AQSh: Janubiy-Sharqiy shtatlari
- AQSh shtatlari
- Alabama