Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Toʻqtoʻgʻul tumani (qirgʻizcha: Токтогул району) — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.

Toʻqtoʻgʻul tumani

(dan yoʻnaltirildi)
Toʻqtoʻgʻul tumani
Токтогул району
tuman
Tarkibida Jalolobod viloyati
Maʼmuriy markazi Toʻqtoʻgʻul
Rasmiy tillar qirgʻiz, rus
Aholi (2009) 86 306 kishi
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 99,3%
ruslar — 0,2%
oʻzbeklar — 0,2%
uygʻurlar — 0,2 %
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +99637
Avtomobil raqami kodi D
Xaritada
Toʻqtoʻgʻul tumani xaritada
41°52′11″N 72°56′43″E / 41.86972°N 72.94528°E / 41.86972; 72.94528
Toʻqtoʻgʻul suv ombori

Toʻqtoʻgʻul tumani (qirgʻizcha: Токтогул району) — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.

Maʼmuriy markazi — Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi.

Tarixi

1926-yilda tuman sifatida tashkil etilgan. Tuman tashkil topgunga qadar 1920-yilda Qirgʻiziston hududida Sovet hokimiyati oʻrnatilishi bilan Namangan uyezdiga qarashli boʻlgan Ketmontepa vodiysida Muztoʻr, Suvsamir va Arim boʻlisliklari mavjud boʻlgan. 1926-yilda bu uch volost birlashtirilib, tuman tashkil etildi. 1939-yilgacha Ketmontepa tumani mashhur shoir, qoʻshiqchi, mutafakkir Toʻqtagʻul Satilgʻan oʻgʻli sharafiga nomlangan.

  • 1930-yil sentyabrda Qirgʻiziston SSR tarkibida Ketmontepa tumanining markazi Qorasuv-Aqchiy qishlogʻi boʻlib, tashkil etilgan.
  • 1936-yil sentyabrda markazi Uch-Terek qishlogʻi boʻlib qayta tashkil etildi.
  • 1939-yilda Ketmontepa va Uch-Terek tumanlari Jalolobod viloyati tasarrufiga oʻtgan.
  • 1940-yil dekabrda Ketmontepa tumani Toʻqtagʻul tumani deb ataldi, markazi Toʻqtagʻul qishlogʻi boʻlgan.
  • 1956-yilda Uch-Terek tumani tugatilib, Jalolobod viloyatidan Oʻsh viloyati tarkibiga kirdi.
  • 1980-yilda Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyati tarkibidan chiqib, Talas viloyati tarkibiga oʻtkazildi. 1988-yilda Talas viloyati tugatilgani sababli Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyatiga oʻtkazildi.
  • 1990-yilning dekabr oyida Toʻqtagʻul tumani qayta tashkil etilgan Jalolobod viloyati tarkibiga kirgan.

Geografiyasi

Toʻqtoʻgʻul tumani Jalolobod viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Tuman Qirgʻizistondagi uch viloyat (Talas, Chuy, Norin) bilan chegaradosh hisoblanadi.

Tuman hududidan Norin daryosi oqib oʻtadi. Qirgʻizistondagi eng yirik Toʻqtoʻgʻul suv ombori ham Toʻqtoʻgʻul tumani hududida joylashgan.

Aholisi

2009-yilgi Qirgʻiziston xalqini roʻyxatga olish boshqarmasining maʼ lumotiga loyiq, tumanda 86306 nafar kishi istiqomat qiladilar. Ulardan qirgʻizlar —85683 kishi (yoki 99,3%), ruslar — 188 kishi yoki 0,2%, oʻzbeklar — 185 kishi yoki 0,2%, uygʻurlar — 145 kishi 0,2%, boshqa millatlar — 105 kishi yoki 0,1%.

Maʼmuriy boʻlinishi

Tuman tarkibiga bir shahar tipidagi qishloq va 10 ovul okrugi kiradi:

  • shahar tipidagi qishloq — Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi
  • Aralbayev ovul okrugi markazi — Toʻluq qishlogʻi
  • Bel-Oldi ovul okrugi markazi — Sariq-Soʻgoʻt qishlogʻi
  • Yangi-Yoʻl ovul okrugi markazi — Yangi-Yoʻl qishlogʻi
  • Qizil-Oʻzgoʻrush ovul okrugi markazi — Qizil-Oʻzgoʻrush qishlogʻi
  • Nichke-Soy ovul okrugi markazi — Nichke-Soy qishlogʻi
  • Ketmon-Tepa ovul okrugi markazi — Terak-Suv qishlogʻi
  • Sariq-Qamish ovul okrugi markazi — Birlik qishlogʻi
  • Abdu Suyerkulov ovul okrugi markazi - Toʻrkent qishlogʻi
  • Uch-Terak ovul okrugi markazi — Uch-Terak qishlogʻi
  • Choʻlpon-Ota ovul okrugi markazi — Choʻlpon-Ota qishlogʻi

Iqtisodiyoyi

Yuqori