Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Namangan uyezdi — Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Fargʻona viloyatidagi maʼmuriy-hududiy birlik. Maʼmuriy markaz Namangan shahrida. Namanganning esk

Namangan uyezdi

Namangan uyezdi
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
40°58′0″N 71°34′0″E / 40.96667°N 71.56667°E / 40.96667; 71.56667
Mamlakat Rossiya imperiyasi
viloyat Namangan viloyati
Asos solingan 1875
Aholisi
 (1910)
359,554 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+5
[[File:|290px|Namangan uyezdi xaritada]]
Namangan uyezdi
Namangan uyezdi

Namangan uyezdi — Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Fargʻona viloyatidagi maʼmuriy-hududiy birlik. Maʼmuriy markaz Namangan shahrida. Namanganning eski shahar qismida 12100 ta xonadon, 331 ta masjid, 11 ta qabriston, 120 dan ortiq boshlangʻich va Oʻrta maktab boʻlgan. Shahar aholisi 73 ming kishi, ulardan 900 nafari ruslardan iborat boʻlgan. XX asrning boshlarida shaharning yangi qismida 60 ta xonadon (aksariyati yevropalik aholi), uyezd maʼmuriyati, kazarma, pravoslav cherkovi, bilmi yurti, rus-tuzem maktabi, pochta-telegraf, kasalxona, harbiylar uyi va xiyobon joylashgan.

Tarixi

Uyezd 1875-yilda Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasiga qoʻshilishi va Fargʻona viloyati tashkil etilishidan oldin tashkil topgan. O‘sha paytdagi xon Nasriddin 1875-yil sentabrida general Kaufman bilan Farg‘ona vodiysining shimoliy qismini Rossiya imperiyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sulh bitimi tuzadi. Ko‘p o‘tmay Nasriddinxon qo‘zg‘olonchilar tomonidan ag‘darilib, Toshkentga qochdi, xonlikning qolgan qismlari ham imperiya tarkibiga kiradi. M. D. Skobelev boshchiligidagi rus qoʻshini Namangan shahrini egallaganidan keyin (1875-yil 26-sentyabr) tashkil etilgan. Generalgubernator fon Kaufman shaharni kengaytirib, uni ikki qismga boʻlish, uyezd maʼmuriyati va harbiylari uchun alohida joy ajratish, yangi shahar barpo etish haqidagi loyihani tasdiqladi. Mazkur loyihaga koʻra, Namangan oʻlkaning boshqa shaharlari singari „eski shahar“ va „yangi shahar“ ga boʻlindi.

Loyihaga koʻra, „yangi shahar“ toʻgʻri va keng koʻchalar, tosh terilgan yoʻllardan iborat boʻlishi kerak edi. Bu yerda asosan, uyezdning m aʼmuriy binolari, rus harbiylari va savdogarlari yashashi uchun uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Shu maqsadda, shahardagi bek qoʻrgʻoni devorining tashqi tomonidan alohida yer ajratildi va markazi shu yerdan boshlangan 6 ta koʻchaga asos solindi. Koʻchalar keng, ikki tomoniga tol va qayragʻochlar oʻtqazilgan, yoʻllarga tosh yotqizilgan, tunda kerosinli fonarlar yoritib turgan. „Yangi shahar“ hududida harbiy mashqlar oʻtkaziladigan kapa maydoni, shahar bogʻi va bu yerda yashovchilar uchun bozor tashkil etildi, uyezd maʼmuriyati uchun boshqarma binosi, amaldor hamda harbiylar oilasi uchun uy-joylar barpo etildi, harbiy qoʻrgʻonni oʻz ichiga olgan yangi rus harbiy qal’asi qurildi. Yangi shahar"da 1877-yilda jami 34 ta xonadon mavjud edi. Eski va yangi shahar chegarasida ikki qavatli yevropacha usuldagi uylar qad koʻtaradi.

„Yangi shahar“da rus aholisi uchun kutubxona, oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida ikki sinfli bilim yurti, 50 ta oʻringa moʻljallangan harbiy lazaret hamda 20 ta oʻringa moʻljallangan kasalxona ochildi. 1912-yilda Namanganga Qoʻqon tomonidan qurilgan temir yoʻl shaxobchasining ulanishi va ishga tushishi bilan shahar hududi temir yoʻl tomonga qarab kengayib bordi. 1913-yilda Namangandagi xonadonlar soni 12100 taga yetdi. Namangan shahri aholisi 75346 kishiga yetdi.

1896-yil 1-yanvardagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholi soni 208.940 (105.212 erkak, 103.728 ayol), shundan 207.543 nafari mahalliy (koʻchmanchi va oʻtroq) boʻlgan. Namangan uyezdida 27 volostdan beshtasi (Qirkyoʻl, Saruu, Chotqol, Arim, Suusamir) koʻchmanchi qabilalar edi. Turkiston oʻlkasida sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan 1924-yilda Namangan uyezdining 10 ta volosti „Qora Qirg‘iz“ uyezdi tarkibiga kirdi.

Geografiyasi

Namangan uyezdi Fargʻona vodiysining shimoli-sharqiy va sharqiy tomonida (Norin — Sirdaryoning sharqida — Chotqol togʻ tizmalari bilan chegaralangan) joylashgan boʻlib, umumiy maydoni 15273,4 km².

Maʼmuriy boʻlinishi

1910-yilda okrugda 27 ta volost boʻlgan:

  • Olmos,
  • Arymskaya,
  • Axsi-Shahand,
  • Ashtskaya,
  • Babadarxanskaya,
  • Bagishskaya,
  • Boʻston,
  • Varzikskaya,
  • Qozon,
  • Keninskaya,
  • Qirgʻiz-Qoʻrgʻon,
  • Qutlugʻ-Said,
  • Qirq oʻgʻil,
  • Nanay
  • Nanskaya,
  • Pishkaranskaya,
  • Sarus,
  • Susamyrskaya,
  • Tergauchinskiy,
  • Toʻraqoʻrgʻon,
  • Uychi,
  • Xonobod,
  • Chodak,
  • Chortoq,
  • Chotqol,
  • Chust,
  • Yangiqoʻrgʻon .

Aholisi

1896-yilda okrugda 208940 kishi yashagan. Aholisi sartlar, qirgʻizlar va tojiklardan iborat edi.

Namangan uyezdi boʻyicha aholi tarkibi quyidagicha boʻlgan:

Aholi tarkibi(Namangan uyezdi)
MillatiErkaklarAyollarUmumiy
Oʻzbek280122965097
Sartlar146281245427082
Rus639
Tojik216417353899
Qipchoq9828011783
Qurama181111292
Qoraqalpoq514353867
Turk8806121492
Qirgʻiz9673942419097
Hind3-3
Jami318322778959621


Arxiv maʼlumotlariga qaraganda 1885-yilda Namangan shahri aholisi tarkibi quyidagicha koʻrinishda boʻlgan:

Aholi tarkibi(Namangan shahar)
MillatiErkaklarAyollarUmumiy
Oʻzbek16251400530259
Rus7467141
Qorategin441761
Qipchoq111021
Yahudiy5856114
Hind22-22
Dungan6-6
Jami164881415530643

1897-yilda Namangan uyezdi boshlig‟i tashabbusi bilan Kiyev guberniyasidan 200 oila tog‟li Chotqol vohasiga joylashtirishga chaqirildi.

Iqtisodiyoti

Uyezdda dehqonchilik rivojlangan. Bugʻdoy, arpa, sholi, tariq, durra, paxta yetishtirilgan. Pillachilik, bogʻdorchilik katta ahamiyatga ega edi.

Chorvachilik sust rivojlangan.

Sanoat korxonalari asosan hunarmandchilik xarakteriga ega. 1897-yilga oid maʼlumotlarga qaraganda, Namangan uyezdida 26 ta paxta tozalash zavodi, 1 tadan vino va pivo zavodlari, 726 ta tegirmon, 1231 ta yogʻ tegirmoni, 32 ta sovun ishlab chiqarish korxonasi, 15 ta choʻyan quyish korxonasi, 78 ta kulolchilik, 30 ta charm korxonasi, 12 ta gʻisht zavodi, 49 ta toʻquv, 67 ta ipak ishlab chiqarish korxonasi va 45 ta ipak yiguruv korxonasi boʻlgan.

Adabiyotlar

  • Namangan // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
  • O‘zMA. 329-Fond — Farg‘ona viloyati Namangan uyezdi boshlig‘i boshqarmasi.
Yuqori