| Tim Burton | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | Timothy Walter Burton 1958-yil 25-avgust Burbank, Kaliforniya, AQSh |
| Fuqaroligi | Amerikalik |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1979-bugun |
| Turmush oʻrtogʻi | Lisa Marie Smith (1993–2001) Helena Bonham Carter (2001–2014) |
| Bolalari | 2 |
| Otasi | Bill Burton |
| Onasi | Jean Rae Erickson |
| Veb-sayti | timburton.com |
Timothy Walter Burton (1958-yil 25-avgustda tugʻilgan) — amerikalik kinorejissor va sobiq animator. U Gollivudda got submadaniyatining kashshoflaridan biri sifatida tanilgan, uning filmlari oʻziga xos uslubga ega boʻlib, unda gotik dahshat va qorongʻu fantastika estetikasini ertaknamo va syurreal unsurlar bilan uygʻunlashtiradi. U bir qator mukofotlarni qoʻlga kiritgan, jumladan, bir dona Emmy mukofoti va ikkita Oscar mukofotiga, bir dona Oltin globus mukofotiga hamda uchta BAFTA mukofotiga nomzod boʻlgan. 2007-yilda u Venetsiya xalqaro kinofestivalining umr boʻyi xizmatlari uchun beriladigan Oltin sher mukofoti, 2010-yilda esa Fransiyaning Sanʼat va adabiyot ordeni bilan taqdirlangan.
Burton oʻzining ilk rejissyorlik debyutini „Pee-wee's Big Adventure“ (1985) komediya filmi bilan amalga oshirdi va „Beetlejuice“ (1988) hamda „Edvard Qaychiqoʻl“ (1990) filmlarini suratga olishi, shuningdek, oʻzi yozgan sheʼr asosida ishlangan „Rojdestvodan oldingi tushkun tun“ (1993) animatsion filmida prodyuserlik qilishi orqali shuhrat qozondi. U animatsiya, biografik film, drama, fantastika, myuzikl, ilmiy fantastika, superqahramon filmi va gʻayritabiiy dahshat kabi turli janrlarda filmlar suratga olgan. Ular qatoriga „Batman“ (1989), Batman Returns (1992), Ed Wood (1994), Mars Attacks! (1996), Sleepy Hollow (1999), Planet of the Apes (2001), Big Fish (2003), „Charlie va shokolad fabrikasi“ (2005), „Oʻlik Kelin“ (2005), „Sweeney Todd: The Demon Barber of Fleet Street“ (2007), „Alice moʻjizalar mamlakatida“ (2010), „Qorongʻu soyalar“ (2012), „Frankenweenie“ (2012), „Big Eyes“ (2014), „Miss Peregrinning gʻayrioddiy bolalar uyi“ (2016), „Dambo“ (2019) va „Beetlejuice Beetlejuice“ (2024) kiradi.
Tim Burton „Wednesday“ (2022–hozirgacha) nomli Netflix serialining bir nechta qismlarini suratga olgan boʻlib, u ushbu ish uchun komediya seriali uchun eng yaxshi rejissyorlik ishlanmasi boʻyicha Primetime Emmy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan. U tez-tez bastakor Danny Elfman bilan hamkorlik qiladi. Elfman Tim Burton filmlarining uchtasidan tashqari qolgan barchasiga musiqa bastalagan. Shuningdek, u „The Melancholy Death of Oyster Boy & Other Stories“ (1997) kabi bir nechta kitoblarni ham chop etgan.
Adabiyotlar
- Bassil-Morozow, Helena (2010): Tim Burton: The Monster and the Crowd. Routledge, London, ISBN 978-0-415-48971-3
- Fraga, Kristian (2005): Tim Burton — Interviews. University Press of Mississippi, Jackson, MS, ISBN 1-57806-758-8
- Gallo, Leah (2009): The Art of Tim Burton. Steeles Publishing, Los Angeles, ISBN 978-1-935539-01-8
- Hanke, Ken (1999): Tim Burton: An Unauthorized Biography of the Filmmaker. Renaissance Books, Los Angeles, ISBN 1-58063-046-4
- Heger, Christian (2010): Mondbeglänzte Zaubernächte. Das Kino von Tim Burton. Schüren, Marburg, ISBN 978-3-89472-554-9 Read Excerpts at Libreka.de
- Lynette, Rachel (2006): Tim Burton, Filmmaker. KidHaven Press, San Diego, California, ISBN 0-7377-3556-2
- Magliozzi, Ron; He, Jenny (2009): Tim Burton. The Museum of Modern Art, New York, ISBN 978-0-87070-760-5
- McMahan, Alison (2005): The Films of Tim Burton: Animating Live Action in Contemporary Hollywood. Continuum, New York, ISBN 0-8264-1566-0 Chapter 3 at FilmsOfTimBurton.com
- Merschmann, Helmut (2000): Tim Burton: The Life and Films of a Visionary Director (translated by Michael Kane). Titan Books, London, ISBN 1-84023-208-0
- Odell, Colin; Le Blanc, Michelle (2005): Tim Burton. The Pocket Essentials, Harpenden 2005, ISBN 1-904048-45-5
- Page, Edwin (2006): Gothic Fantasy: The Films of Tim Burton. Marion Boyars Publishers, London, ISBN 0-7145-3132-4
- Smith, Jim; Matthews, J. Clive (2002): Tim Burton. Virgin, London, ISBN 0-7535-0682-3
- Weinstock, Jeffrey Andrew, ed (2013). The Works of Tim Burton: Margins to Mainstream. New York: Palgrave. ISBN 978-1-137-37082-2
- Woods, Paul A. (2002): Tim Burton: A Child’s Garden of Nightmares. Plexus, London, ISBN 0-85965-310-2
- 25-avgustda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik kinoprodyuserlar