Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ayribel togʻlari — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi Zirabuloq past toglarining sharqiy qismi. Eng baland nuqtasi 767 m. Ayribel togʻlari shimoli-

Ayribel togʻlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Ayribel togʻlari — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi Zirabuloq past toglarining sharqiy qismi. Eng baland nuqtasi 767 m. Ayribel togʻlari shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa yoʻnalgan. Uzunligi 15 km. Janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari Qarnob choʻliga tikroq tushgan va quruq soylar bilan oʻyilgan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori tomon qaragan shimoli-sharqiy yon bagʻirlari qiyaroq. Tizmaning oʻrta qismida paleozoyning ohaktosh va slaneslaridan iborat kenglik boʻyicha yoʻnalgan qator tepalar mavjud boʻlib, ular oraligʻida granitlardan tashkil topgan platosimon yuzalar joylashgan. Ayribel togʻlari tipik boʻz tuproqlar mintaqasida joylashgan, shimoliy yon bagʻirlarining yuqori qismlarida toʻq boʻz tuproqlar bor. Efemer oʻsimliklar bilan birga, qorajusan, qoʻziquloq, oqquray oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Yuqori