Temurmalik Mashrabovich Yunusov (1942-yil 31-avgust Andijon, OʻzSSRda tugʻilgan) — sovet va oʻzbek aktyori, kinorejissori. „Mehnat shuhrati ordeni“ sohibi.
| Temurmalik Mashrabovich Yunusov | |
|---|---|
| Tavalludi | 31-avgust 1942-yil Andijon, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | aktyor, kinorejissor |
| Faoliyat yillari | 1963-yildan |
| Mukofotlari | |
Tarjimai holi
Temurmalik Mashrabovich Yunusov 1942-yil Andijon shahrida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent teatr va rassomchilik institutini 1965-yilda tamomlagan.
1965—1966-yillarda „Tojikfilm“da ishlagan, 1966—1971-yillarda esa Toshkent teatr va rassomchilik institutida dars bergan.
Yunusov 1979—1981-yillarda E. A. Ryazanov qoʻl ostida oliy rejissorlik va kinossenariychilar kursida tahsil olgan.
Kinorejissor Temurmalik 1971—1986-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ishlagan. U 1986-1991-yillarda eksperimental tarzda 5-studiyani boshqargan. Yunusov 1996—2001-yillarda „Oʻzbekkino“ DAKni raisi va Oʻzbekiston kinematografchilar uyushmasi raisi hisoblangan.
Yunusov ayni kunda ijodiy faoliyati bilan shugʻullanadi va „Vodiyfilm“ studiyasini boshqaradi. U yerda oltin fond uchun Oʻzbekiston radiosining 100 tadan ziyod radioeshittirish va spektakllari oʻzbek, rus va chet el klassiklari asosida yozib oldi.
Filmografiyasi
Rejissor „Tangalik bolalar“, „Galatepalik avliyo“, „Marhumga ehtirom“ badiiy filmlari, „Unutilgan qoʻshiq“, „Forish oʻyinlari“, „Echkiqirtishlash“ va 30 dan ortiq hujjatli filmlarni suratga olgan.
Filmdagi rollari:
- 1963-yilda — Beshovi Fargʻonadan — Rahmat (titrda N.Yunusov)
- 1969-yilda — Oʻtgan kunlar — Xudoyorxon
- 1982-yilda — Ikki kishi uchun vokzal — qovun sotuvchisi (titrda Temur Yunusov)
- 1982-yilda — Olovli yoʻllar — adabiy xodim
- 2006-yilda — Vatan — epizod rolda