Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Eldar Ryazanov (18-noyabr 1927-yil, Samara – 30-noyabr 2015-yil, Moskva) – Sovet Ittifoqi va Rossiyaning taniqli kinorejissori, aktyori va jamoat arbobi, ssenar

Eldar Ryazanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eldar Ryazanov
Эльдар Рязанов
Tavalludi
ruscha: Эльдар Александрович Рязанов

18-noyabr 1927-yil
Samara, Rossiya, SSRI
Vafoti 30-noyabr 2015-yil(2015-11-30)
(88 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Otasi Aleksandr Ryazanov
Onasi Yelena Shusterman
Mukofotlari Vatan oldidagi xizmatlari uchun I darajali ordeniVatan oldidagi xizmatlari uchun III darajali ordeni
Xalqlar doʻstligi ordeni«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
Faxriy legion ordeniVatan oldidagi xizmatlari uchun III darajali ordeniGurjistonning Sharaf ordeni sohibi
Veb-sayti http://eldar-ryazanov.ru

Eldar Ryazanov (18-noyabr 1927-yil, Samara – 30-noyabr 2015-yil, Moskva) – Sovet Ittifoqi va Rossiyaning taniqli kinorejissori, aktyori va jamoat arbobi, ssenariynavis, shoir, dramaturg, teleboshlovchi, oʻqituvchi, prodyuser; SSSR xalq artisti (1984), SSSR Davlat mukofoti (1977) va aka-uka Vasilyevlar nomidagi RSFSR Davlat mukofoti laureati (1979). Rejissor yurak xurujidan vafot etgan.

Eldar Ryazanov yaratgan sovet kino klassikasining durdona asarlari qatoriga „Karnavalnaya noch“ (1956), „Devushka bez adresa“ (1957), „Dayte jalobnuyu knigu“ (1965), „Beregis avtomobilya“ (1966), „Stariki-razboyniki“ (1971), „Neveroyatnie priklyucheniya italyansev v Rossii“ (1973), „Ironiya sudbi, ili S lyogkim parom“ (1976), „Slujebniy roman“ (1977), „Garaj“ (1979), „O bednom gusare zamolvite slovo“ (1980), „Vokzal dlya dvoix“ (1982), „Jestokiy romans“ (1984), „Nebesa obetovannie“ (1991) nomli komediya va melodramalari bor.

Ryazanov oʻzining 200 dan ortiq teledasturlarining muallifi; 1979-yildan 1985-yilgacha u „Kinopanorama“ teledasturini olib borgan. „U prirodi net ploxoy pogodi“ va „Lyubov – volshebnaya strana“ kabi koʻplab mashhur romanslar matni muallifi.

Yuqori