Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tafakkur oʻyinlari (inglizcha: A Beautiful Mind) – 2001-yilda ishlangan Amerika biografik drama filmi. Film mashhur matematik John Forbes Nash Jr hayotiga bagʻi

Tafakkur oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tafakkur oʻyinlari

Film posteri
Rejissyor(lar) Ron Howard
Prodyuser(lar) Brian Grazer Ron Howard
Ssenariy
muallif(lar)i
Akiva Goldsman
Qaysi asarga
asoslangan
A Beautiful Mind
Rollarda Russell Crowe
Ed Harris
Jennifer Connelly
Pol Bettany
Adam Goldberg
Christopher Plummer
Bastakor(lar) James Horner
Studiya
Premyera
sanasi
  • 2001-yil (2001)
Davomiylik 135 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $58 million
Daromad $313 million

Tafakkur oʻyinlari (inglizcha: A Beautiful Mind) – 2001-yilda ishlangan Amerika biografik drama filmi. Film mashhur matematik John Forbes Nash Jr hayotiga bagʻishlangan. Rejissor Ron Howard filmni Sylvia Nazarning A Beautiful Mind romani asosida suratga olgan.

Filmda bosh rollarni Russel Crowe, Ed Harris, Jennifer Connelly, Paul Bettany, Adam Goldberg va Christopher Plummer ijro etgan. Film 2001-yil 21-dekabrda Amerika Qoʻshma Shtatlari kinoteatrlarida taqdim etildi. Dunyo boʻylab $313 milliondan ortiq daromad qildi va „Eng yaxshi film“, „Eng yaxshi rejissor“, „Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy“ va „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyalari uchun toʻrtta Oscar mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, film „Eng yaxshi aktyor“, „Eng yaxshi film montaji“, „Eng yaxshi pardoz“ va „Eng yaxshi original musiqa“ nominatsiyalari uchun nomzod boʻlgan.

Film tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi, lekin Nash hayotining baʼzi jihatlari, ayniqsa oilasi va nikohsiz tugʻilgan oʻgʻli haqida notoʻgʻri tasvirlar uchun tanqid qilindi. Biroq, film ijodkorlarining taʼkidlashicha, bu film Nash hayotini aks ettirish uchun moʻljallanmagan edi.

Rollar

  • Russell Crowe John Nash rolida
  • Jennifer Connelly Alicia Nash rolida
  • Ed Harris William Parcher rolida
  • Christopher Plummer doktor Rosen rolida
  • Paul Bettany Charles Herman rolida
  • Adam Goldberg Richard Sol rolida
  • Josh Lucas Martin Hansen rolida
  • Anthony Rapp Bender rolida
  • Jason Gray-Stanford Ainsley Neilson rolida
  • Judd Hirsch Helinger rolida
  • Austin Pendleton Thomas King rolida
  • Vivien Cardone Marcee Herman rolida
Yuqori