Sukre ispancha: Sucre | |
|---|---|
![]() | |
![]() Bayroq ![]() Gerb | |
| 19°12′34″S 65°15′19″W / 19.20944°S 65.25528°W | |
| Mamlakat | Boliviya |
| Hukumat | |
| • Mer | Moyzes Torres |
| Asos solingan | 1538 |
| Avvalgi nomlari | Nuevo-Toledo, Charkas, La-Plata, Chukisaka |
| Maydon | 710 km2 (270 kv mi) |
| Markazi balandligi | 2904 m |
| Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
| Aholisi (2011) | 300,000 |
| Vaqt mintaqasi | UTC-4 |
| | |
Sukre — Boliviyaning rasmiy poytaxti, Chukisaka departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy Kordilyera togʻlari yon bagʻrida, 2700 m balandlikda joylashgan. Aholisi 300 ming kishi (2011). Transport yoʻllari tuguni. Universitet (1624), nafis sanʼat, antropologiya va boshqa muzeylar bor.
Tarixi
Shaharga 1538-yilda La Plata (ispancha laplata — kumush) nomi bilan indeyslar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Keyinroq Chukisaka deb nomlangan (aymar indeyslari tilida — kumush togʻ). 1825-yildan mustaqil Boliviya poytaxti. 1839-yildan mamlakat prezidenti A. X. de Sukre nomi bilan atala boshladi. Sukreda Oliy sud binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (1571), Hukumat saroyi (1892), cherkov va boshqalar saqlangan.
Iqlimi
Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12°, iyulniki 9°, yiliga oʻrtacha 700 mm yogʻin yogʻadi.
Sanoati
Neftni qayta ishlash, sement, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud.
Galeriya
Sukre shahridagi prefektura idorasi
Sukreda festival vaqti
- Janubiy Amerika mamlakatlari poytaxtlari
- Boliviya
- Geografiyaga oid chala maqolalar

