Sin - Qad. Xitoy podsholigi. Mil. av. taxminan X asrda vujudga kelgan. Dastlab Chjou sulolasiga qaram boʻlgan. Uning tarki-biga hozirgi Shensi viloyatining garbi va shim.-gʻarbiy qismi, Gansuning sharqiy va Sichuanning shim. qismi kirgan. Chjango davrida (mil. av. V asrlar) Xitoyda Chjou monarxiyasidan mustakil boʻlgan 7 ta eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan. S.ning kuchayishi Shan Yan islohotlari bilan bogʻliq boʻlgan. Mil. av. IV asr oʻrtalarida boshqa podsholiklar bilan kurash boshlangan va mil. av. 221 yilga kelib ular boʻysundirilgan. Buning natijasida markazlashgan S. imperiyasi barpo etilgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |