Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Norvegiya dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka qismida joylashgan dengiz. Skandinaviya yarim orol bilan Shetlend, Farer, Irlandiya, Yan-Mayen, Medvejiy orol

Norvegiya dengizi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Norvegiya dengizi qizil rang bilan tasvirlangan (nemischada Europäisches Nordmeer)
Norvegiya dengizi qizil rang bilan tasvirlangan (nemischada Europäisches Nordmeer)
Joylashuvi Shimoliy Yevropa
Koordinatalari 69°N 2°E / 69°N 2°E / 69; 2
Okean tipi Dengiz
Asosiy manbalari
  • Markaziy Shimoliy Atlantika,
  • koʻproq Norvegiya fyordlari
Havzaga aloqador oʻlkalar Islandiya, Norvegiya, Daniya (Farer oroli) va Birlashgan Qirollik (Shotland oroli)
Yuzasi 1,383,000 km2 (534,000 kv mi)
Oʻrtacha chuqurligi 2,000 m (6,600 ft)
Eng katta chuqurligi 3,970 m (13,020 ft)
Suv hajmi 2,000,000 km3 (1.6×1012 acre⋅ft)
Manbalar

Norvegiya dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka qismida joylashgan dengiz. Skandinaviya yarim orol bilan Shetlend, Farer, Irlandiya, Yan-Mayen, Medvejiy orollari oraligʻida joy olgan. Atlantika okeanidan suv osti tizmasi bilan ajralib turadi. Maydoni 1,383,000 km2 (534,000 kv mi) ni tashkil etadi. Eng chuqur joyi 3970 m ga teng. Iliq oqim oʻtganligi sababli, dengiz suvi qishda muzlamaydi. Suvining temperaturasi fevralda 8—12° C ni tashkil etadi. Shoʻrligi 34—35,2°/oo ga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (uning oʻrtacha balandligi 3,3 m gacha boʻladi). Dengiz suvi baliqqa boy. Asosiy portlari:

  • Tronxeym
  • Tromsyo
  • Narvik
Yuqori