Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil

Shuhratbek Abdurahmonov

Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil 26-apreldan Andijon viloyati hokimi .

Shuhratbek Abdurahmonov
 Andijon viloyati hokimi
Mansab davri
2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ahmadjon Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1969-yil 25-dekabr (1969-12-25) (56 yosh)
Izboskan tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi→ Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzlidep
Kasbi agronom
Dini islom
Maʼlumoti Andijon paxtachilik instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

Shuhrat Abdurahmonov 1969-yilda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

Mehnat faoliyati

1992-yilda „Madaniyat“ agrofirmasi 5-boʻlimi agronom-entomologi boshligʻi. „Navbahor“ kompaniyasining paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yilda „Madaniyat“ agrofirmasining bosh agronomi, 1999-yilda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻldi. 2000-yilda – „Navbahor“ jamiyatining raisi, 2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, 2004-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi, 2011-yildan Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, 2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi va Andijon viloyat Kengashi deputati.

Mukofotlari

Shuhrat Abdurahmonov 2010-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan

2020-yilda „Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan

2019-yil „Mehnat shuhrati“ va 2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan

Oilasi

Oilali. 3 nafar farzandi bor

Yuqori