Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shuhrat Mirusmanovich Maqsudov (1970-yil 14-sentyabrda, Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻyna

Shuhrat Maqsudov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shuhrat Maqsudov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shuhrat Mirusmanovich Maqsudov
Tavallud sanasi 1970-yil 14-sentyabr (1970-09-14) (55 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 174 cm (5 ft 8 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988 Paxtakor Toshkent
1989 SKA-RShVSM Angren
1991—1996 Paxtakor Toshkent
1997—2000 Neftchi
Milliy terma jamoa
1992—1997 Oʻzbekiston 21 (11)
Boshqargan klublari
2001—2007 Neftchi (yordamchi murabbiy)
2011—2013 Oʻzbekiston (yordamchi murabbiy)
2013—2015 Oʻzbekiston U22
2021—2022 FC Bunyodkor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shuhrat Mirusmanovich Maqsudov (1970-yil 14-sentyabrda, Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini katta qismini Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ klublarida oʻtkazgan.

Martaba

Futbolchi sifatida

Shuhrat Maqsudov professional faoliyatini 1988-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan. 1989—1990-yillarda SKA-RShVSM (Angren, Toshkent viloyati) jamoasida oʻynagan. 1991-yilda „Paxtakor“ klubiga qaytib, 1996-yil oxirigacha Toshkent jamoasida oʻynagan. Bu vaqt ichida u jamoa yetakchilaridan biriga aylangan va 102 ta oʻyinda maydonga tushib, 51 ta gol urgan. Ushbu natijalar tufayli Maqsudov „Paxtakor“ klubining eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylangan.

1997-yil boshida Shuhrat Maqsudov Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va 2000-yilda futbolchilik faoliyatini aynan shu klubda yakunlagan. 1997—2000-yillarda „Neftchi“ safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati

Shuhrat Maqsudov 1992—1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1994-yilda esa terma jamoa bilan birga Yaponiyaning Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, yozgi oʻyinlar futbol turnirida gʻolib chiqqan. Maqsudov terma jamoa safida jami 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.

Murabbiy sifatidagi martaba

Shuhrat Maqsudov futbolchilik faoliyatini yakunlab, 2001-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ klubining oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyanga yordamchi boʻldi. 2013—2015-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 2011—2015-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi boʻlgan.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston chempioni: 1992-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1993-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1993-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1996-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1997, 1998, 1999, 2000
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1997, 1998; Oʻzbekiston terma jamoasi
  • Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil

Shaxsiy

  • Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida 3-oʻrin: 1993-yil
  • Gennadiy Krasnitskiy klubi azosi: 123 ta gol

Davlat mukofotlari

Yuqori