![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sergei Zenjov | ||
| Tavallud sanasi | 1989-yil 20-aprel | ||
| Tavallud joyi | Pärnu, Estoniya | ||
| Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Flora | ||
| Raqami | 20 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Pärnu | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2005 | Pärnu Pataljon | 19 | (27) |
| 2006 | Vaprus | 17 | (8) |
| 2006—2007 | TVMK | 34 | (17) |
| 2008—2014 | Karpati Lviv | 137 | (21) |
| 2014 | Blackpool | 8 | (0) |
| 2015 | Torpedo Moskva | 10 | (0) |
| 2015—2017 | Gabala | 47 | (8) |
| 2017—2019 | Cracovia | 39 | (4) |
| 2019—2021 | Shaxter Qaragʻandi | 47 | (11) |
| 2021— | Flora | 16 | (4) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2005 | Estoniya 17 yoshgacha | 8 | (2) |
| 2006—2007 | Estoniya 19 yoshgacha | 6 | (0) |
| 2007—2010 | Estoniya 21 yoshgacha | 3 | (1) |
| 2008— | Estoniya | 100 | (14) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2019-yil 7-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 23-sentyabr uchun) | |||
Sergei Zenjov (talaffuzi: Sergey Zenyov; 1989-yil 20-aprelda tugʻilgan) — estoniyalik professional futbolchi, Estoniyaning Flora klubi va Estoniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Zenjov Estoniyadan tashqari Angliya, Ukraina, Rossiya, Polsha, Ozarbayjon va Qozog‘iston klublarida ham to‘p surgan.
Klubdagi faoliyati
Pärnu
Zenjov futbol oʻynashni mahalliy Pärnu klubida boshlagan, u yerda unga Yuriy Ivanov murabbiylik qilgan. U oliy ligadagi debyutini 2005-yilda Pärnu Pataljon safida II liigada oʻtkazgan. Zenjov 2006-yilning 8-martida Vaprus safida oʻynab Meistriliigadagi debyutini qildi va TVMKga qarshi safarda 1:3 hisobidagi magʻlubiyat bilan kechgan ushbu oʻyinda jamoasining yagona golini kiritdi.
TVMK
2006-yil iyul oyida Zenjov Meistriliiga klubi TVMK bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 23-iyul kuni mehmonda Levadiaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va TVMK raqibiga 1:3 hisobida magʻlub boʻldi.
Karpati Lviv
2008-yil fevral oyida Zenjov Ukraina Premyer-ligasi klubi Karpati Lviv bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 2008-yilning 1-martida Ukraina Premyer-ligasi doirasida Xarkivga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan mezbonlik oʻyinida qilgan. 2008-yil 27-iyulda Zenjov Karpati Lviv klubidagi ilk golini Shaxtarga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi.
Zenjov 2010—2011-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralashida ikkita gol urdi. U 2010-yilning 16-sentyabrida Borussiya Dortmundga qarshi o‘z uyida 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan uchrashuvda Yevropa ligasidagi debyutini qilgan.
Blackpool
2014-yilning 3-iyulida Zenjov Chempionat klubi Blackpool bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U 9-avgust kuni Nottingham Forestga qarshi safar oʻyinida 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan holda klubdagi debyutini oʻtkazdi. 2014-yilning 2-dekabrida Zenjov shartnomani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgach, Blackpoolni tark etdi.
Torpedo Moskva
Blackpooldan ketganidan soʻng, Zenjov 2015-yilning 12-yanvarida Rossiya Premyer-ligasining Torpedo Moskva klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. U Rossiya Premyer-ligasidagi debyutini 2015-yilning 9-martida Amkar Perm klubiga qarshi safarda 0:0 hisobida kechgan oʻyinda o‘tkazgan.
Gabala
2015-yilning 16-iyunida Zenjov ikki yillik shartnoma asosida Ozarbayjon Premyer-ligasining Gabala klubiga oʻtdi. U klubdagi debyutini 2015-yilning 2-iyulida Yevropa ligasi saralashining birinchi o‘yinida Dinamo Tbilisiga qarshi (1:2) o‘tkazdi. 2016-yil 19-mart kuni Zenjov Qarabagʻga qarshi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan safar oʻyinida Gabalaning 500-golini kiritdi.
Cracovia
2017-yilning 27-iyunida Zenjov Ekstraklasa klubi Cracovia bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U Ekstraklasadagi debyutini 2017-yil 15-iyulda Cracovianing 2017—2018-yilgi mavsumdagi birinchi o‘yinida o‘tkazgan va Piast Gliwickiga qarshi kechgan ushbu o‘yinda o‘z uyida 1:1 hisobida durang o‘ynagan.
Xalqaro faoliyati
Zenjov xalqaro miqyosdagi ilk faoliyatini 2005-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi Estoniya terma jamoasida boshlagan. U 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi milliy terma jamoalarni ham himoya qilgan.
Zenjov Estoniya terma jamoasi safidagi debyutini 2008-yilning 20-avgustida Malta ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘rtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi. U birinchi xalqaro golini 2008-yil 6-sentyabrda, milliy terma jamoadagi ikkinchi oʻyinida kiritdi va jamoasi bilan 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi doirasidagi Belgiyaga qarshi kechgan safar oʻyinida 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.
2022-yil 23-sentyabrda Zenjov Millatlar ligasi doirasida Maltaga qarshi kechgan o‘yinda Estoniya terma jamoasi safidagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 2018-yil 24-may holatiga koʻra:
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Pärnu Pataljon | 2005 | II liiga | 19 | 27 | — | — | — | — | 19 | 27 | ||||
| Vaprus | 2006 | Meistriliiga | 17 | 8 | 0 | 0 | — | — | — | 17 | 8 | |||
| TVMK | 2006 | Meistriliiga | 12 | 3 | 1 | 3 | — | 2 | 0 | 2 | 0 | 17 | 6 | |
| 2007 | 22 | 14 | 2 | 1 | — | 2 | 0 | 2 | 0 | 28 | 15 | |||
| Jami | 34 | 17 | 3 | 4 | — | 4 | 0 | 4 | 0 | 45 | 21 | |||
| Karpati Lviv | 2007—2008 | Ukraina Premyer-ligasi | 11 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 11 | 0 | |||
| 2008—2009 | Ukraina Premyer-ligasi | 28 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | 29 | 1 | ||||
| 2009—2010 | 25 | 3 | 1 | 0 | — | — | — | 26 | 3 | |||||
| 2010—2011 | 18 | 4 | 0 | 0 | — | 10 | 2 | — | 28 | 6 | ||||
| 2011—2012 | 17 | 1 | 2 | 0 | — | 3 | 1 | — | 22 | 2 | ||||
| 2012—2013 | 10 | 3 | 2 | 2 | — | — | — | 12 | 5 | |||||
| 2013—2014 | 28 | 9 | 2 | 0 | — | — | — | 30 | 9 | |||||
| Jami | 137 | 21 | 8 | 2 | — | 13 | 3 | — | 158 | 26 | ||||
| Blackpool | 2014—2015 | Chempionat | 8 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 9 | 0 | ||
| Torpedo Moskva | 2014—2015 | Rossiya Premyer-ligasi | 10 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 10 | 0 | |||
| Gabala | 2015—2016 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 26 | 2 | 2 | 0 | — | 14 | 2 | — | 42 | 4 | ||
| 2016—2017 | 21 | 6 | 4 | 0 | — | 13 | 4 | — | 38 | 10 | ||||
| Jami | 47 | 8 | 6 | 0 | — | 27 | 6 | — | 80 | 14 | ||||
| Cracovia | 2017—2018 | Ekstraklasa | 27 | 3 | 1 | 0 | — | — | — | 28 | 3 | |||
| Faoliyati jami | 299 | 84 | 18 | 6 | 1 | 0 | 44 | 9 | 4 | 0 | 366 | 99 | ||
Xalqaro
- 2017-yil 15-dekabr holatiga koʻra:
| Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
|---|---|---|---|
| Estoniya | |||
| 2008-yil | 3 | 1 | |
| 2009-yil | 8 | 2 | |
| 2010-yil | 4 | 1 | |
| 2011-yil | 6 | 1 | |
| 2013-yil | 11 | 2 | |
| 2014-yil | 8 | 0 | |
| 2015-yil | 8 | 2 | |
| 2016-yil | 6 | 1 | |
| 2017-yil | 10 | 3 | |
| Jami | 64 | 13 | |
Xalqaro gollar
- 2021-yil 8-oktyabr holatiga koʻra. Estoniya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisob ustuni Zenjovning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi:
| No. | Sana | Joy | Ishtirok | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2008-yil 6-sentyabr | Stade Maurice Dufrasne, Lyej, Belgiya | 2 | 1-1 | 2-3 | 2010 FIFA Jahon kubogi saralashi | |
| 2 | 2009-yil 28-mart | Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston | 5 | 2-1 | 2-2 | 2010 FIFA Jahon kubogi saralashi | |
| 3 | 2009-yil 6-iyun | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 7 | Ekvatorial Gvineya | 3-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
| 4 | 2010-yil 3-sentyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 12 | 1-0 | 1-2 | UEFA Euro 2012 saralashi | |
| 5 | 2011-yil 6-sentyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 20 | 3-1 | 4-1 | UEFA Euro 2012 saralashi | |
| 6 | 2013-yil 15-noyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 31 | 1-1 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 7 | 2013-yil 19-noyabr | Rheinpark stadioni, Vaduts, Lixtenshteyn | 32 | 1-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 8 | 2015-yil 14-iyun | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 44 | 1-0 | 2-0 | UEFA Euro 2016 saralashi | |
| 9 | 2-0 | ||||||
| 10 | 2016-yil 31-avgust | Pärnu Rannastaadion, Pyarnu, Estoniya | 51 | 1-0 | 1-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 11 | 2017-yil 28-mart | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 56 | 3-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 12 | 2017-yil 12-iyun | Skonto stadioni, Riga, Latviya | 58 | 1-1 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 13 | 2017-yil 7-oktyabr | Estádio Algarve, Faro/Loulé, Portugaliya | 61 | 3-0 | 6-0 | 2018 FIFA Jahon kubogi saralashi | |
| 14 | 2021-yil 8-oktyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 90 | 2-0 | 2-0 | 2022 FIFA Jahon kubogi saralashi |
Yutuqlari
Individual
- Estoniyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008, 2010
- 20-aprelda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- FIFA Century Club
- Angliyadagi muhojir futbolchilar
- Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Estoniyalik erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
