- Vikipediyada ismi Raʼno va familiyasi Zokirova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Raʼno Zokirova |
|---|
Raʼno Zokirova (1969-yil 7-avgust, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻzbek va sovet teatr va kino aktrisasi Raʼno Zokirova 1969-yil 7-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. Raʼno Zokirova: „Mashhur sulola vakili emasman, lekin bir marta Botir Zokirovning qiziman, deb yolgʻon gapirishga majbur boʻlganman“.
Ijodiy faoliyati
Mashhur aktrisa Raʼno Zokirova 1984-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida aktyorlik faoliyatini boshlagan. 1988-yilda Xoreografiya bilim yurtini, 1999-yilda Toshkent davlat madaniyat institutining rejissyorlik boʻlimini tamomlagan. 1988-1995 yillarda „Shodlik“ ansamblida ishlagan. 1995-yildan A. Hidoyatov nomidagi teatrda faoliyat yuritgan.
Diskografiyasi
• „ARMON“ (?). • „Sherali va Oybarchin“ (?). • „Shok“ (?)
• „Yodgor“ (?) • „Alpomish“ (?) • „Nomus“ (?) • „Bir kam dunyo“ (?) • „Erkatoy“ (?) • „Bekatdagi odam“ (?) ••"Ilhaq" (?) • •" Olovli yurak" (?). • „ Buni hayot deydilar“ loyihasida ham juda koʻp qismlarida rollar ijro etgan.
Kabi qator filmlarda oʻziga xos rollarni ijro etgan.
Mukofotlari
- Alifbo boʻyicha aktrisalar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari