Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sanjar Shoahmedov (1990-yil, 23-sentyabr, Toshkent) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Urganchning „Metallurg“ klubida ya

Sanjar Shoahmedov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sanjar Shoahmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sanjar Qurdatillo oʻgʻli Shoahmedov
Tavallud sanasi 1990-yil 23-sentyabr (1990-09-23) (36 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Boʻyi 5 fut 8 inches (1.73 m)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg
Raqami 22
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2015 AGMK 104 (13)
2015—2017 Lokomotiv Toshkent 59 (23)
2017 Al-Sailiya 10 (2)
2017—2019 Lokomotiv Toshkent 40 (10)
2019—2020 Terengganu 37 (16)
2021 FC AGMK 24 (1)
2022 Qizilqum 26 (1)
2023 Soʻgʻdiyona 14 (0)
2024 Dinamo 23 (1)
2025 Xorazm 14 (0)
2026— Metallurg 0 (0)
Milliy terma jamoa
2015— Oʻzbekiston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 7-mart uchun)

Sanjar Shoahmedov (1990-yil, 23-sentyabr, Toshkent) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Urganchning „Metallurg“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Olmaliq (2008–2014)

Oliy ligadagi 1-klubi Olmaliq. Undan oldin Gennadiy Denisov rahbarligidagi Chigʻatoy futbol maktabida shugʻullangan. U -Olmaliqq 2008-yilda qoʻshilgan. Zaxira futbolchisi sifatida 2 yil faoliyat koʻrsatdi. 2010-yildan bpshlab asosiy tarkib futbolchisi boʻlib oʻynashni boshlagan. Olmaliqda 98 oʻyinda oʻynab, 11ta gol urgan. Uning Oliy ligadagi ilk goli 2011-yil Soʻgʻdiyona klubiga kiritilgan.

Lokomotiv (2015–2017)

U 2014–2015-yilgi Oliy liga mavsumida 21 oʻyinda oʻynadi va 11ta gol urib 2 marta sariq kartochka oldi. Lokomotivda mavsum tugamasidan 11ta gol urgan, Olmaliqda esa 4 mavsumda bu natijaga erishdi. Lokomotivda 22-raqamli futbolkada oʻynagan.

Al-Sailiya (2017)

Sanjar 2017-yilning 16-yanvarida Al-Sailiya klubi bilan 500 ming yevro evaziga shartnoma imzolagan. klubdagi ilk oʻyinini 2017-yilning 20-yanvarida Stars Leagueda Umm Salalga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Debyut golini esa 2017-yil 2-fevralda El-Jaishga qarshi urgan(1:1).

Lokomotiv (2017–2019)

Sanjar 2017-yilning 7-avgustida 300 ming yevro evaziga Lokomotivga qaytgan. 2017-yilning 12-avgustida Oʻzbekiston Superligasi doirasida Soʻgʻdiyonaga qarshi oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. 2017-yil 29-sentyabrda mavsumdagi ilk golini Obod FK ga urgan(3:1).

Terengganu (2019–2020)

Sanjar 2019-yil 4-yanvarda Terengganu FK bilan shartnoma imzoladi. U 2019-yil 1-fevralda PKNS FCga qarshi debyut qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

AGMK (2020–2021)

Sanjar 2020–2021-yilgi mavsumda AGMKda oʻynadi.

2024-yil 14-yanvarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati

Sanjar JCH-2018 saralash bosqichi uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgandi. 8 ta uchrashuvdan 7 tasida zaxirada qoldi. Yamanga qarshi oʻyinda tarkibga kiritilmagandi.

Shaxsiy hayoti

Toʻrt oʻgʻil va bir qizning eng kenja oʻgʻil farzandi. Uchta akasi bor. Oilasida jami 7 kishi. 1988-yil tugʻilgan akasi Sarvar Shoahmedov Lokomotivning futzal klubida toʻynaydi. Qolgan akalari futboldan yiroq. Kichik akasi bilan yoshligidan sensirab gaplashadi. Yoqtirgan futbolchisi Xavi. 2017-yil „Taslim boʻlma, Siroj“ aksiyasida faollik koʻrsatgan.

Yuqori