| Robertson Liverpool safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Andrew Henry Robertson | ||
| Tavallud sanasi | 1994-yil 11-mart | ||
| Tavallud joyi | Glasgow, Shotlandiya | ||
| Boʻyi | 5 fut 10 inches (1.78 m) | ||
| Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Liverpool | ||
| Raqami | 26 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| -2009 | Celtic | ||
| 2009-2012 | Queenʼs Park | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012–2013 | Queenʼs Park | 34 | (2) |
| 2013–2014 | Dundee United | 36 | (3) |
| 2014–2017 | Hull City | 99 | (3) |
| 2017- | Liverpool | 161 | (7) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2013–2015 | Shotlandiya U21 | 4 | (0) |
| 2014- | Shotlandiya | 59 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may uchun) | |||
Andrew Henry Robertson (1994-yil 11-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi, Premier League ning „ Liverpool“ klubi chap qanot himoyachisi va Shotlandiya terma jamoasi sardori.
Robertson oʻzining karerasini 2012-yilda Queenʼs Parkda boshlagan, bir yildan soʻng faoliyatini Dundee Unitedda davom etiradi. Uning professional faoliyatidagi birinchi mavsumidayoq PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. U 2014-yilning iyul oyida 2,85 million funt sterling evaziga „Hull City“ga oʻtadi. Robertson „Hull“da uch mavsum oʻynab, birinchi va uchinchi mavsumida quyi ligaga, ikkinchi mavsumda esa quyi ligadan yuqoriga koʻtariladi.
U 2017-yilning iyul oyida „Liverpool“ jamoasiga 8 million funt sterling evaziga oʻtadi. Robertson „Liverpool“ bilan faoliyati davomida bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritgan, jumladan 2019-yilda Chempionlar ligasi va 2020-yilda Premer-ligada, Premer-liganing 2018/19-yilgi mavsumidagi oʻyinlari uchun u PFA tomonidan yil jamoasiga kiritiladi.
Robertson 2014-yilning may oyida Shotlandiya terma jamoasi safida toʻliq debyut qilgan va 2018-yilning sentabrida Shotlandiya sardori etib tayinlangan. U UEFA Yevro-2020 da jamoani himoya qilgan.
Hayoti va faoliyati
Robertson Glazgoda tugʻilgan va bolalikdan „Celtik“ muxlisi edi. Uning otasi Brian, „Pop“ laqabi bilan mashhur boʻlib, u Meryhill hududida (u yerda futbolchilar Jim Duffi va Charlie Nicholasning bolalikdagi doʻsti boʻlgan) havaskor oʻyinchi boʻlgan.
U 2006-yildan 2012-yilgacha Sharqiy Renfrewshirdagi Giffnock shahridagi Sent Ninian oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda futbol jamoasi sardori boʻlgan. U Glazgodagi mahalliy golf klubining kichik sardori ham edi. U shuningdek, Giffnock Soccer Centre, Elgin Starda va yoshligida „Celtic“da oʻynagan, ammo u juda kichik deb hisoblangani uchun 15 yoshgacha boʻlgan bolalar jamoasida oʻynagan. Keyin u Queenʼs Park bilan shartnoma imzoladi.
Klubdagi faoliyati
Queenʼs Park (klub)
Oʻqishga eʼtibor qaratgan Robertson 2012/13-yilgi mavsum boshida Queenʼs Park asosiy jamoasiga chaqirilgunga qadar universitetni bakalavriat darajasida boshlash arafasida edi. U Shotlandiya Challange Kubogida Berwick Rangersga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi va mavsum davomida jami qirqta oʻyinda maydonga tushdi va klubning uchinchi oʻringa chiqishiga yordam berdi. 2012/13-yilgi Shotlandiya uchinchi divizionini yakunladi. Uning klubdagi birinchi goli 2012-yilning 13-noyabrida Sharqiy Stirlingshiredan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Dundee United
Robertson 2013-yil 3-iyun kuni Shotlandiya Premer-ligasi vakili Dundee United bilan shartnoma imzolaydi.
Hull City

2014-yil iyul oyida Dundee Yunayted 2,85 million funt sterlinglik taklifni qabul qildi va Robertson Angliya Premer-ligasining „Hull City“ jamoasiga oʻtdi. Transfer 29-iyul kuni yakunlandi, chunki Robertson „Hull“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. „Hull City“ning bosh skauti Stan Ternent aytganidek, „Men Styuart Armstrongni kuzatgan edim, lekin [Robertson] aql bovar qilmas oʻyin koʻrsatdi. Siz darhol uning qobiliyati borligini koʻrasiz“.
Liverpool

2017- yilning 21-iyulida Robertson "Liverpool" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, transfer narxi 8 million funt sterling edi. Robertson 2017/18-yilgi mavsumni Alberto Morenoning oʻrinbosari sifatida boshlagan, ammo dekabr oyida ispaniyalik jarohat olgan. Uning 14-yanvar kuni chempionat peshqadami "Manchester City" ga qarshi oʻyindagi (4:3) „Liverpool“ muxlislari olqishiga sazovor boʻldi. U klubdagi birinchi golini 2017/18-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida „ Brayton & Hove Albion“ ga qarshi oʻyinda, 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Terma jamoadagi faoliyat

Robertson ilk bor 2013-yil oktabr oyida 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasiga jalb etiladi. U Slovakiyaga qarshi oʻyinda (2:1) zaxiradan maydonga tushd. Robertson 2015-yilning noyabrida U21 jamoasiga chaqirildi.
Oʻyin uslubi
"Liverpool"ga qoʻshilganidan beri Robertson jahon futbolidagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri sanaladi. „Liverpool“da oʻynagan oʻyinchi Fabio Aurelio Robertsonni taʼrifladi „Mening eʼtiborimni tortadigan narsa shundaki, u doimo takomillashib bormoqda va oʻzining asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlishidan noqulay ahvolga tushmoqda“.
Shaxsiy hayoti
Robertson amaldagi Rim katolikidir. U Rachel Robertsga uylangan. Ularning rasmiy toʻyi 2022-yilning yozida boʻladi. Robertson 2017-yil 26-avgustda oʻgʻil farzandli boʻladi. 2019- yil yanvar oyida er-xotin ikkinchi marta ota-ona boʻlishadi va ikkinchi farzandlari qiz farzand boʻlib, uning ismi Aria edi. Robertsonning buvisi Glenfarneda tugʻilgan irlandiyalik edi.
Yutuqlar
Hull City
- Futbol ligasi chempionati pley-off bosqichi: 2016.
Liverpool
- Premer-liga: 2019–20;
- Angliya kubogi: 2021–22;
- EFL kubogi: 2021–22;
- FA hamjamiyat qalqoni: 2022;
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2018–19;
- UEFA Superkubogi: 2019;
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2019.
Shaxsiy yutuqlar
- PFA Shotlandiya yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2013–14;
- PFA Shotlandiyaning yil jamoasi: 2013–14;
- SPFL oyning eng yaxshi futbolchisi: 2013-yil noyabr;
- SPFL oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2013-yil sentabr;
- Yilning PFA jamoasi: 2018–19 Premer-liga, 2019–20 Premer-liga;
- UEFA Chempionlar Ligasi XI: 2018;
- UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibi: 2018–19;
- UEFA Chempionlar Ligasining mavsumdagi jamoasi: 2021–22;
- UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2019;
- Yilning ESM jamoasi: 2019–20.
- 11-martda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Liverpool F.C. futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Shotlandiyalik erkak futbolchilar
