Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Samoyiddin Husenov Toshkent politexnika institutining Buxoro fillialini (hozir Buxoro muhandislar texnologiya instituti) tamomlagan. 1963-yilda Buxoro ipak-oʻra

Samoyiddin Husenov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Samoyiddin Kosimovich Husenov
 Buxoro viloyati hokimi
 
Mansab davri
1996  2011
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mavlon Rahmonov
Vorisi Muhiddin Esonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1946-yil
Buxoro

Husenov Samoyiddin Kosimovich (1946-yil, Buxoro) – Buxoro viloyati hokimi (1996—2011-yil dekabr).

Biografiyasi

Samoyiddin Husenov Toshkent politexnika institutining Buxoro fillialini (hozir Buxoro muhandislar texnologiya instituti) tamomlagan. 1963-yilda Buxoro ipak-oʻrash kombinatining mutaxassisi boʻldi. 1971-yilda u partiya organlarida ishlay boshladi. 1986-yildan Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, rejalashtirish komissiyasi raisi boʻlib ishlagan. 1992-yilda Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari, iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻi boʻldi.1994-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 1996-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning buyrugʻi bilan u Buxoro viloyati hokimi etib tayinlandi. 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Buxoro viloyat deputatlar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samoyiddin Husenov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan. OAV maʼlumotlariga koʻra Samoyiddin Husenov korrupsiya va urugʻ-aymoqchilikka bogʻliq ayblovlar bilan lavozimidan olingan.

1997-yilda Oliy Majlisning 2-chaqiriq deputati boʻldi. 1999-yilda 2-chaqiriq Oliy Majlisning deputati etib tayinlandi. 2005-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi. 2017-yilda Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasining Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylangan. 2020-yildan esa Buxoro viloyat Nuroniylar kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Oilasi

2011-yil dekabr oyida Samoyiddin Huseynovning oʻgʻli Sharofiddin Huseynov va qarindoshlari korrupsion jinoyatlarda nohaq ayblanib, qamoqqa olingan. 2012-yil 8-oktabrda sud hukmi eʼlon qilingan. Unga koʻra, Sharofiddin Huseynov 13 yilga, yana bir kichik oʻgʻli 10 yilga, jiyani Visoliddin Huseynov 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik 2016-yilda barcha nohaq ayblanib qamalib chiqqan Husenovlar Oliy Sudning tegishli qarorlariga muvofiq oqlanishgan.

Mukofotlar

Yuqori