Samandar Hamroqulov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1978-yil 23-dekabr Namangan, Oʻzbekiston |
| Janrlar | Pop-folk |
| Faoliyat yillari | 1999 — bugun |
| Fuqaroligi | |
| Amplua | vokal |
| Mukofotlari | |
| Veb-sayt | samandarmedia.uz |
Samandar Hamroqulov (23-dekabr, 1978-yilda tugʻilgan) — oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, teleboshlovchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2007). Samandar 2002-yil „Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. U ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.
Samandar 1999-yil „Chayon gul“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. 2005-yil suratga olingan „Yarim baxt“ filmidagi roli Samandarga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffaqiyatlardan keyin Samandar bir necha filmda rol oʻynadi.
Biografiyasi
1978-yil 23-dekabr kuni Namangan shahrida sanʼatkor va qiziqchi Rustam Hamroqulovlar oilasida tavallud topgan. Namangan shahridagi Farobiy nomidagi 2-sonli maktabga borgan. 1996-yildan 2000-yilgacha Toshkent Davlat Sanʼat institutining „Musiqali drama“ fakultetida oʻqigan. Samandar Hamraqulovning sanʼat sohasiga kirib kelishining asosiy sababi uning sanʼatkor oilasida tugʻilganligi bilan oʻzaro bogʻliqdir. Samandar Hamraqulov xalq orasida "Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan tanilgan boʻlib, bu qoʻshiq xonandaning ilk ijodi hisoblanadi. Soʻng „Asalim goʻzal“, „Samandar tangosi“ hamda 2002-yilda suratga olingan Rustam Saʼdiyevning „Muhabbat sinovlari“ filmiga ishlangan „Sen oʻzing“ soundtreki juda ham ommalishib, xit tarona darajasiga yetgan. Xonanda oʻzini aktyorlik sohasida ham sinab koʻrgan va bir necha muvafaqqiyatlarga erishgan. 2007-yil 10-avgustda Dilnoza Mamatova bilan turmush qurgan.
Oilasi
- Otasi, Hamroqulov Rustamali Ikromaliyevich (1953-1989) — OʻzSSR Lenin mukofoti sovrindori, OʻzSSRda xizmat koʻrsatgan artist.
- Onasi, Yuldasheva Mavluda Mamadaliyevna (1953) — filolog (oliy toifali ona tili va adabiyot oʻqituvchisi).
- Akasi, Hamroqulov Iskandar Rustamaliyevich (1977) — aktyor, qiziqchi.
- Singlisi, Hamroqulova Sevara Rustamaliyevna (1981) — satira teatri aktrisasi.
- Turmush oʻrtogʻi, Hamroqulova (Mamatova) Dilnoza Alisherovna (1989) — filolog (fransuz tili).
Diskografiyasi
Studiyaviy albomlari
- „Sevgi fazosi“ (2002)
- „Samandar tangosi“ (2005)
Kliplari
Filmografiyasi
Filmlar
| Yil | Film | Rol | Manba |
|---|---|---|---|
| 1999 | Chayon gul | Ashur | |
| 2002 | Muhabbat sinovlari | ||
| 2003 | Taqdir | ||
| 2004 | Muhabbatimsan | ||
| 2005 | Yarim baxt | ||
| 2007 | Yangi boy | Qobiljon | |
| 2008 | Zirabcha | ||
| 2010 | Arzanda | ||
| 2013 | Gumroxlar | ||
| 2017 | Notanish yulduz |
Seriallar
| Yil | Serial | Rol | Manba |
|---|---|---|---|
| 2019 | Hamyon | ||
| 2002 | Hayot oʻyini |
Mukofotlari
- „Tarona Taqdimoti — 2002“ marosimining — „Musiqada yil yangiligi“ nominatsiyasi sovrindori.
- „Nihol-2003“ sovrindori.
- „Tarona Taqdimoti — 2004“ marosimining — „Yil qoʻshiqchisi“ nominatsiyasi sovrindori.
- 2007-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ mukofoti sovrindori.
- 23-dekabrda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Namanganda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar
- Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
