Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Belgrad universiteti – Serbiyaning Belgrad shahridagi davlat tadqiqot universiteti. Bu Serbiyadagi eng qadimgi va eng yirik zamonaviy universitetdir. Universite

Belgrad universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Belgrad universiteti
Asos solingan sanasi 1863-yil
Rektori Vladan Đokić
Talabalari 97,696
Akademiklari 4,834
Veb-sayti bg.ac.rs

Belgrad universiteti – Serbiyaning Belgrad shahridagi davlat tadqiqot universiteti. Bu Serbiyadagi eng qadimgi va eng yirik zamonaviy universitetdir. Universitetda 97 700 ga yaqin talaba va 4 800 dan ortiq akademik xodimlar mavjud. Universitet tashkil etilganidan buyon 378 000 dan ortiq bakalavrlar, 25 100 ga yaqin magistrlar, 29 000 nafar mutaxassis va 14 670 nafar doktorlarni tayyorlagan. Universitet tarkibiga 31 ta fakultet, 12 ta tadqiqot instituti, universitet kutubxonasi va 9 ta universitet markazlari kiradi. Kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi.

Fakultetlari

Fakultetlar toʻrt guruhga boʻlingan: ijtimoiy va gumanitar fanlar guruhi, tibbiyot fanlar guruhi, tabiiy hamda matematika fanlar guruhi va texnologik fanlar guruhidir. Universitetda meʼmorlik, veterinariya, kongeologiya, tabiiy-matematika, injener-kommunal, injenermexanika, elektrotexnika, oʻrmon-texnika, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, stomatologiya, texnologiya, transport, dorishunoslik, falsafa, iqtisod va huquq kabi fakultetlari bor.

Reytingi

Shanxay Jiao Tong universiteti tomonidan oʻtkazilgan 2017-yildagi eng soʻnggi reytingiga koʻra, Belgrad universiteti dunyodagi eng yaxshi 300 ta universitet orasida oʻz oʻrnini topdi. Matematika sohasida Belgrad universiteti dunyodagi eng yaxshi 150 ta universitet qatoriga kiradi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Yuqori