Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Saltuklu bekligi (turkcha: Saltuklu Beyliği) — 1071-1202-yillar orasida Erzurum va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Erzurum boʻlgan Onadoʻlidagi turk

Saltuklu bekligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saltuklu bekligi
turkcha: Saltuklu Beyliği

←
1071 — 1202


→



1200-yilda Onadoʻli
Poytaxti Erzurum
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Saltuklular
Bek
 - 1071—1102(ilk) Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey
 - 1185—1202 (soʻngi) Melik Rükneddin Melikşah
Tarix
 - 1071 Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey beklikka asos soldi
 - 1202 Koʻniya sultonligi tarafidan bosib olindi

Saltuklu bekligi (turkcha: Saltuklu Beyliği) — 1071-1202-yillar orasida Erzurum va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Erzurum boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikka 1071-yildagi Malazgirt jangidan soʻng, Saljuqiylar imperiyasi qoʻmondoni Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey asos solgan. Beklikning nomi asoschisining ismidan kelib chiqqan.

Tarix

Amir Saltuk 1071-yilda Saljuqiylar imperiyasi va Vizantiya imperiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan Malazgir jangida, saljuqiylar qoʻshini tarkibida jangovar birlikka boshchilik qilgan. Saljuqiylar qoʻshini gʻalaba qozongach, Sulton Alp Arslon tomonidan Erzurum va uning atrofini zabt etish topshirigʻi berilgan. Saltuk Bey ushbu hududlarni fath etgandan keyin, sulton iqto tariqasida oʻziga hadya qilgan. Amir Saltuk Erzurumni iqto qilib olgan boʻlsa-da, Erzurumning asosiy qismi Gruziya homiyligidagi sobiq Vizantiya qoʻmondoni tomonidan boshqarilgan. Saltuk Bey bu hududlarni 1080/1081-yillarda toʻlaqonli egallagan.

Saltuklular saljuqiylarning vassali sifatida gruzinlarga qarshi kurashni davom ettirib, hududlarini kengaytirishga va chegarani himoya qilishga harakat qildilar. 1155-yilda Saltuklu beki Izzettin Saltuk Ani atrofidagi jangda Gruziya podshohi Dimitriyga magʻlub boʻldi va asirga tushdi. Soʻngra katta toʻlov evaziga ozod qilindi.

Saltuklular Dânişmendliler bilan birlikta xristianlarga qarshi bir nechta katta muvafaqqiyatli urushlarni amalga oshirganlar. Koʻniya sultoni Rükneddin Süleyman Şah gruzinlarga qarshi harbiy safar uyushtirdi va Saltukli beki Alâeddîn Melik Şahni ham oʻz qoʻshiniga kelib qoʻshilishini va gruzinlarni birlikta yengish kerakligini aytdi. Ammo Saltuklu beki bu daʼvatga rozi boʻlmaganidan keyin, 1202-yilda Rükneddin Süleyman Şah Erzurum ustiga yurdi va shaharni egalladi. Shundan soʻng, Saltuklu bekligi ham tarix sahifalaridan oʻrin oldi.

Saltuklu bekligi beklari

1071-1202-yillar orasida markazi Erzurum boʻlgan va eng porloq davrlarida Kars, Gumushhane, Rize va Bayburt hududlariga hukmronlik qilgan turkman bekligining beklari quyidagilardir:

Bek Hukmdorlik yili Izohlar
Ebü’l-Kāsım İzzeddin Saltuk Bey1071-1102Beklik asoschisi.
Melik Alaeddin Ali1102-1145
Melik İzzeddin Saltuk1145-1174
Melik Nasreddin Mehmed1174-1185
Melik Rükneddin Melikşah1185-1202
Yuqori