Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda o

SI tizimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Metrik sistemaga oʻtish sanalari. Qora rangda SI tizimini asosiy yoki yagona tizim sifatida qabul qilmagan davlatlar (Liberiya, Myanma, AQSH), belgilangan.

Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.

Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan boʻladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.

SI oʻlchov birliklari

Asosiy oʻlchov birliklar

KattalikBirlik
NomlanishiOʻlcham belgisiNomlanishiBelgilanishi
Oʻzbekchafransuzcha/inglizchaoʻzbekchaxalqaro
UzunlikLmetrmètre/metrem
MassaMkilogrammkilogramme/kilogramkg
VaqtTsoniyaseconde/seconds
Tok kuchiIamperampère/ampereA
Termodinamik haroratΘkelvinkelvinK
Modda miqdoriNmolmolemol
Yorugʻlik kuchiJkandelacandelakdcd

Hosilaviy birliklar

Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklarini ustida oshirilgan matematik amallar natijasida yuzaga kelgan.

Hosilaviy birliklar
Kattaliklar Oʻlchov birliklar Belgilanishi Ifodasi
oʻzbekcha nomlanishi xalqaro nomlanishi oʻzbekcha xalqaro
Yassi burchak radianradianrad m·m−1 = 1
Hajmiy burchak steradiansteradiansr m²·m−2 = 1
Harorat (selsiy shkalasi boʻyicha) Selsiy darajasidegree Celsius°C K
Chastota GershertzGsHz s−1
Kuch NyutonnewtonN kg·m/s²
Energiya jouljouleJ N·m = kg·m²/s²
Quvvat vattwattVtW J/s = kg·m²/s³
Bosim PaskalpascalPa N/m² = kg·m−1·s−2
Yorugʻlik oqimi lumenlumenlm kd·sr
Yorugʻlik lyuksluxlklx lm/m² = kd·sr·m−2
Elektr zaryadi kuloncoulombKlC A·s
Potentsiallar farqi voltvoltV J/Kl = kg·m²·s−3·A−1
Elektr qarshiligi omohmOmΩ V/A = kg·m²·s−3·A−2
Elektr sigʻimi faradfaradF Kl/V = kg−1·m−2·s4·A²
Magnit oqimi veberweberVbWb kg·m²·s−2·A−1
Magnit induktivligi teslateslaT Vb/m² = kg·s−2·A−1
Induktivlik genrihenryGnH kg·m²·s−2·A−2
Elektr o'tkazuvchanlik simenssiemensSm Om−1 = kg−1·m−2·s³A²
Radioaktivlik bekkerelbecquerelBkBq s−1
Kuchaytirilgan doza ionlashgan nurlanish greygrayGrGy J/kg = m²/s²
Samarali doza ionlashgan nurlanish zivertsievertZvSv J/kg = m²/s²
Katalizator shiddati katalkatalkat mol·s−1

SI ga kirmaydigan oʻlchov birliklari

SI ga kirmaydigan baʼzi bir oʻlchov birliklari, Oʻlchashlar bosh konferentsiyasi qarori bilan „SI bilan birga qoʻllanishi mumkin“.

Oʻlchov birliklari Xalqaro nomlanishi Belgilanishi SI oʻlchov birliklarida
oʻzbekcha xalqaro
daqiqaminuteminmin 60 s
soathoursoath 60 min = 3600 s
sutkadaysutd 24 soat = 86 400 s
gradusdegree°° (π/180) rad
burchak minutiminute (1/60)° = (π/10 800)
burchak sekundisecond (1/60)′ = (π/648 000)
litrlitre (liter)Ll, L 1/1000 m³
Tonnatonnett 1000 kg
neperneperNpNp
belbelBB
elektronvoltelectronvolteVeV ≈1,6021773310−19 J
massaning atom birligiunified atomic mass unit a. e. m.u ≈1,660540210−27 kg
astronomik birlikastronomical unit a. birl.ua ≈1,495978706911011 m
dengiz milinautical milemil 1852 m (aniq)
uzelknotuz 1 soatda bosib oʻtilgan 1 dengiz mili = (1852/3600) m/s
arareaa 10² 
gektarhectarega ha 104 
barbarbarbar 105 Pa
angstremångströmÅÅ 10−10 m
barnbarnbb 10−28 
Yuqori