Qosimov Rustam Sobirovich (30.08.1955, Toshkent — 07.05.2021) – oʻzbekistonlik pedagog va davlat arbobi. Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri lavozimlarida ishlagan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi sobiq rektori. Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohibi.
| Rustam Qosimov | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 2018-yil 31-iyuldan – 2021-yil 7-maygacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Komilov |
| Vorisi | Shoazim Minovarov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sport, sogʻliqni saqlash ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 2017-yil 12-dekabrdan – 2018-yil 31-iyulgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ahmadxoʻja Yunusxoʻjayev |
| Vorisi | Abdujabbor Abduvohidov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri | |
| Mansab davri 2016-yil 16-dekabrdan – 2017-yil 21-iyungacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Vahobov |
| Vorisi | Inomjon Majidov |
| Mansab davri 2004-yil – 2008-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Saidahror Gʻulomov |
| Vorisi | Azim Parpiyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 30-avgust 1956-yil Toshkent |
| Vafoti | 7-may 2021-yil (64 yoshda) Toshkent |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
2001-2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari.
2004-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.
2004-yil 13-oktabrdan 2009-yilgacha shuningdek – Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari.
2009—2011-yillar – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.
2011—2016-yillar – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi aʼzosi.
2016-yil 16-sentabrda yana Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.
2017-yil 21-iyundan 2018-yilgacha – Oʻzbekiston Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport boʻyicha davlat maslahatchisi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori.
2018—2021 – Oʻzbekiston Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
2019—2021 – Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori.
2021-yil 7-mayda vafot etgan.
Mukofotlari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2025-yil 30-avgust)
