| Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1947-yil 25-iyun Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov — 1947-yil 25-iyunda tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
- 1947-yil 25-iyunda Toshkentshahrida tavallud topgan.
- 1964-yilda oʻrta maktabni «a’lo» baholarga tugatdi.
- 1969-yilda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „iqtisodiy informatika“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, mazkur institutning «Iqtisodiy kibernetika» kafedrasida tadqiqotchi-shogird lavozimiga ishga qoldirildi.
- 1970—1973 yillarda G. V. Plexanov nomidagi Moskva Xalq xoʻjalik institutining kunduzgi boʻlim aspiranti boʻlib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
- 1973—1980 yillarda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „Iqtisodiy kibernetika“ kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. V.M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti doktoranti lavozimlarida ishlagan.
- 1981-1998-yillarda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining professori, dekani, prorektori, rektori
- 1998-yildan 2004-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
- 2004-2006 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;
- 2006-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlari yoʻnalishi vitse prezidenti; lavozimlarida ishlagan.
- 2006-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi jamoatchilik asosida raisi,
- 2010-yildan hozirgi vaqtga qadar esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori (0,5 stavka) boʻlib ishlab kelmoqda.
- 2012-yildan shu kunga qadar Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazining „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Turkumlar::
- 25-iyunda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
