Rustam Mirzayevich Joʻrayev (1968-yil 26-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan) – oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi, 2020—2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni.
| Rustam Mirzayevich Joʻrayev | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2020-yil 16-martdan – 2026-yil 28-yanvargacha | |
| Oʻtmishdoshi | Bahodir Toshmatov |
| Vorisi | Bahodir Toshmatov |
| Mansab davri 13-fevral 2018-yil – 16-mart 2020-yil | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Bahodir Qurbonov |
| Vorisi | Aziz Toshpoʻlatov |
| Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Tursinxon Xudayberganov |
| Vorisi | Tursinxon Xudayberganov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 26-iyul 1968-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | General-mayor |
Biografiya
1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1986—1988-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan.
Oliy maʼlumotli, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.
Xizmat faoliyatini 1989-yilning aprel oyida Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv boʻlimining kichik inspektori lavozimidan boshlagan.
1994-yildan 2003-yilga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasida tergovchi, katta tergovchi boʻlib ishlagan.
2003—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi ichk ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va tergov bosh boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida inspektor, yetakchi inspektor, bosh inspektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2012—2015-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – tergov boshqarmasi boshligʻi.
2015-yil fevral-oktyabr oylarida – Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2015—2017-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2018—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.
2020-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni etib tayinlangan.
2026-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Milliy gvardiya qoʻmondoni lavozimidan ozod etildi.
2020-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar qoʻl jangi federatsiyasi raisi etib saylandi.
2021-yil 27-sentyabrda Oʻzbekiston kamondan otish federasiyasi raisi etib saylandi.
2018-yil 14-fevral kuni general-mayor unvoni berilgan.
Idoraviy mukofotlarga ega.


